Qayd etilişiça, sudning keyingi yiğilişi Londonda bölib ötadi va u yerda GRU sobiq polkovnigi Sergey Skripal va uning qizi Yuliyaga uyuştirilgan suiqasd bilan boğliq holat tafsilotlari tinglanadi. Yakuniy hisobot 2025 yilda e’lon qilinadi.

2018 yil 4 mart kuni Sergey Skripal va uning qizi Yuliya Skripal Solsberidagi xiyobonda behuş holda topilgan. Keyinroq ma’lum bölişiça, ular insonni falajlaştiruvçi «Noviçok» moddasi bilan zaharlangan. Britaniya bu işda Rossiyani ayblaydi. Ayblovga köra, jinoyatni aslida GRU razvedkaçilari qilgan, lekin Britaniya hududiga Aleksandr Petrov (aslida ofitser Aleksandr Mişkin) va Ruslan Başirov (aslida polkovnik Anatoliy Çepiga) ismi bilan kirgan odamlar sodir etgan.

Öşa yilning 27 iyunida Solsberida yaşovçi Çarli Rouli xayriya ehsonlari uçun möljallangan qutidan Nina Recci brendidagi atir flakonini topib oladi va uni 44 yoşli Don Styorjyessga sovğa qiladi. Ayol esa flakondagi suyuqlikni terisiga sepadi va köp ötmay huşini yöqotadi. 8 iyul kuni Styorjyess zaharlanişdan vafot etadi. Çarli Rouli ham zaharlanganiga qaramay, omon qoladi.

Buyuk Britaniya hukumati uşbu voqealarda Rossiya hukumatini ayblab, mamlakatning maxsus xizmat xodimlari zaharlaşni amalga oşirganini bildirgan edi.

Eslatib ötamiz, 2020 yilda rossiyalik muxolif siyosatçi Aleksey Navalniy ham «Noviçok» guruhiga kiruvçi modda bilan zaharlangan edi. U Germaniyada davolanib, 2021 yilda Rossiyaga qaytganida hibsga olingandi. Oxir-oqibat Navalniy 2024 yil 16 fevral kuni qamoqxonada vafot etdi.

BBC’ga köra, «Noviçok» SSSRda Organik kimyo va texnologiya davlat ittifoq ilmiy-tadqiqot institutida yaratilgan. Uşbu zaharli moddalarni işlab çiqiş dasturi «Foliant» deb nomlangan. Rossiya tomoni Skripallarni zaharlagan moddaning aynan AQŞda işlab çiqarilganini e’lon qilgan. Keyinçalik uşbu modda Çexiyada ham işlab çiqilgani ma’lum bölgandi.