Soğliqni saqlaş vazirligi va Içki işlar vazirligining qarori (6.04.2018 yilda 1737-1-son bilan röyxatdan ötkazilgan) bilan Jinoyat sodir etişda gumon qilinib uşlab turilgan şaxslarni saqlaşning sanitariya-gigiyena qoidalariga özgartiriş va qöşimçalar kiritildi.
Hujjat bilan vaqtinça saqlaş hibsxonalarini (VŞ) yarim yertöla va sokol qavatlarga joylaştiriş taqiqlandi. Endi uni binolarning faqat 1 va 2-qavatlariga joylaştirişga ruxsat etiladi.
Eslatib ötamiz, VŞ faqat IIV tizimida mavjud. DXX tomonidan uşlab turilgan şaxslar mazkur idoraning tergov hibsxonasida saqlanadi. Harbiy xizmatçilar esa – gauptvaxtalarda.
Vazirlar Mahkamasining 7.07.2015 yildagi 184-son qarori bilan VŞda saqlanayotgan şaxslar uçun mahsulotlar (oziq-ovqat – tahr.) va aşyoviy mulk (kiyim-boş, poyabzal, körpa-töşak buyumlari va h.k. – tahr.) bilan ta'minlaş normalari tasdiqlanganligi munosabati bilan Sanitariya-gigiyena qoidalaridan tegişli normalar çiqarib taşlandi. Şu bilan birga, Qoidalarda moddiy-maişiy ta'minotning (gigiyena vositalari – tahr.) eng kam normalari tartibga solinişi davom etadi. Xususan, endi erkaklarga atir sovun berilmaydi (50 gramm mumkin edi). Uning örniga xöjalik sovunini beriş normasi 250 grammgaça oşirildi.
Şuningdek VŞdagi tibbiy punktlar (xonalar) uçun zarur bölgan dori vositalari va tibbiy buyumlar röyxati qayta körib çiqildi. Yangi röyxat 60 ta pozitsiya: 47 ta dori vositasi va 13 ta tibbiy buyumdan iborat. Ilgarigi röyxatda 54 ta pozitsiya (49 ta dori vositasi va 5 ta tibbiy buyum) bölgan.
Hujjat 7.04.2018 yildan kuçga kirdi.












