Senatning beşinçi yalpi majlisida “Jinoyat işini yuritiş çoğida qamoqda saqlaş töğrisida”gi qonunga qamoqqa olinganlarga nisbatan qiynoqqa soliş hollarining oldini olişga qaratilgan qöşimça kiritiş haqida”gi qonun körib çiqildi.

Muhokama qilingan mazkur qonunda qamoqqa olinganlar tergov hibsxonasiga joylaştirilişidan oldin öşa yerning özida majburiy tibbiy körikdan ötkazilişi nazarda tutilmoqda.

Uşbu qonunning qabul qilinişi insonning şa’ni va qadr-qimmati daxlsizligi kafolatlari yanada mustahkamlanişiga, davlatimizning inson huquqlari ta’minlanişi böyiça xalqaro hamjamiyat oldidagi nufuzi oşişiga xizmat qiladi.

Qonunning hayotga tatbiq etilişi fuqarolarning odil sudlovga erişiş darajasini yanada oşirişni, ularning buzilgan huquq va erkinliklari, şuningdek qonuniy manfaatlari işonçli himoya qilinişini ta’minlaydi.

Muhokama yakunida qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.