Rossiya Federatsiyasi Davlat dumasi Federal xavfsizlik xizmati (FSB) tizimida tergov hibsxonalari (SIZO)ni qayta taşkil etiş töğrisidagi federal qonunni yakuniy öqişda qabul qildi. Bu haqda 8 iyul, seşanba kuni Xavfsizlik va korrupsiyaga qarşi kuraş qömitasi raisi Vasiliy Piskarev Telegramʼda ma’lum qildi.

Qonunga köra, «davlat xavfsizligiga qarşi jinoyatlar»da ayblanganlar FSB yurisdiksiyasidagi tergov hibsxonalarida saqlanadi.

Piskarevning sözlariga köra, şu tariqa tergov qilinayotgan «ayğoqçilar va terrorçilar» boşqa ayblanuvçilar bilan muloqot qilişdan, şuningdek, «xorijiy razvedka idoralari va terrorçi taşkilotlar»ning ular bilan aloqa örnatişga urinişlaridan «himoya qilinadi».

Rossiyada 10 yil içida — 2015 yildan 2024 yilgaça — davlatga xiyonat, josuslik, terrorizm va ekstremizmga oid moddalar böyiça qözğatilgan işlar soni uç barobarga oşdi. Bunday işlar böyiça hibsda saqlanayotgan gumonlanuvçilar va sudlanuvçilar soni tört barobarga köpaydi, dedi Piskarev.

FSBga yettita tergov hibsxonasi qaytarilişi kutilmoqda: Moskvada ikkita va Sankt-Peterburg, Rostov-Don, Krasnodar, Vladikavkaz va Çelyabinskda bittadan.