Nyu-Yorkning barça daraxtlari xaritaga kiritildi va ularning iqtisodiy foydasi hisoblab çiqildi. Parklarni hisobga olmaganda şaharda 675 781 daraxt bölib, ular Nyu-York byudjyetini yiliga 11 mln dollarga tejamoqda. Arçspeeç naşri şu haqida xabar berdi.
Har bir daraxtning öz raqami va internetda sahifasi bor.
NewYorkCityStreetTreeMap saytida barça daraxtlar uçun personal kartoçka tayyorlangan. Daraxt turi, surati, tana diametri va aniq koordinatalari körsatilgan.

Kartoçkalar nazorat belgisi hamdir. Daraxt bilan boğliq muammo haqida xabar qiliş yoki aksinça uning kesilişiga doir ma'lumotlarni kiritiş mumkin. Muayyan daraxtlarni kuzatiş uçun aholi ularning personal röyxatini tuzmoqda va ijtimoiy tarmoqlarda bölişmoqda.
Manbada ta'kidlanişiça, bir daraxt şahar byudjyetini örtaça 165 dollarga tejamoqda.
Daraxt kartoçkasida uning iqtisodiy foydasi tört körsatkiçga muvofiq hisoblanmoqda: daraxt qança yomğir suvini filtrladi, qança elektr energiyasini saqlab qoldi, havoni tozaladi va dioksid azot miqdorini pasaytirdi. Barça formula va pul hisob-kitoblari AQŞ Örmon höjaligi boşqarmasining i-Tree kalkulyatoridan olinmoqda. Tizimga saytda alohida izoh beriladi.
675 mingdan ziyod daraxt hammasi bölib yiliga 285 tonna karbon dioksidini yutadi, 3.7 mlrd litr suvni filtrdan ötkazadi va 676 mln kVt/s elektr energiyasini saqlab qoladi.
Ma'lumotlar aholi tomonidan töplangan. Dastur Parklar va dam oliş maskanlari departamenti tomonidan şahar aholisini tabiat haqida qayğuriş va ekofaollar jamiyatini tuzişga jalb qiliş maqsadida işga tuşirilgan.












