Boş vazirning sobiq örinbosari, Özbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va quriliş qömitasi sobiq raisi Botir Erkinoviç Zokirov  Quriliş vaziri Abduqahhor Töxtayevga birinçi örinbosar bölgan. Bu ma'lumot «Kun.uz» manbasi tomonidan tasdiqlandi.

Şuningdek, öz vaqtida Toşkent şahri va Toşkent viloyatiga hokimlik qilgan, boş vazirning sobiq örinbosari Kozim Nosiroviç Tölaganov Quriliş vaziriga örinbosar etib tayinlangan.

Botir Zokirov/Kozim Tölaganov (çapdan öngga)

Kozim Tölaganov 2017 yilning mayidan buyon  Özbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va quriliş qömitasi raisining örinbosari Arxitektura-quriliş nazorati davlat inspeksiyasi boşliği lavozimida faoliyat körsatib kelayotgandi.

2 aprel kuni Özbekiston Quriliş vazirligi prezidentning «Quriliş sohasida davlat boşqaruvi tizimini tubdan takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi farmoni bilan taşkil etilgandi.

Biroz oldinroq Olmazor tumani hokimi Abduqahhor Töxtayev yangi taşkil etilgan Quriliş vazirligiga rahbar etib tayinlangani xabar qilingandi.