Niderlandiyaning Yyelsum qişloği aholisi aprel boşida oçilgan “qöşiq kuylovçi yöl”ning yopilişiga erişdi. Mahalliy aholining aytişiça, yöldan tarqalayotgan şovqin ular ruhiyatiga salbiy ta'sir qilgan. Ular bu şovqinni haqiqiy “ruhiy qiynoq” deb ataşgan.
Hukumat yölni quriş uçun 80 ming yevro mablağ sarflagan. Yölning har bir polosasining öng tomoniga örnatilgan maxsus moslamalar haydovçini tezlik rejimiga amal qilişi kerakligidan ogohlantirişi kerak bölgan. Agar avtomobil bu yöldan 60 km/soat tezlik bilan ötsa, u qişloq joylaşgan Frislandiya viloyati madhiyasini “ijro eta” boşlagan.
Birinçi kundanoq hammasi çappasiga ketgan. Yöldan bir neçta avtomobil ötayotganda yöl çiqarayotgan ovozlar yoqimsiz şovqinga aylangan va yaqin orada yaşovçi aholining asabiga tega boşlagan.
Yyelsum yaqinida harbiy-havo kuçlari aerodromi joylaşgan bölib, aholining aytişiça, yöldan tinimsiz tarqalayotgan yoqimsiz şovqinni eşitişdan köra harbiy samolyotlar ovozini eşitiş ma'qulroqqa aylanib qolgan.
“Menga bundan köra samolyotlar şovqinini eşitiş ma'qulroqdir. Juda bölmasa, ular soat 17dan keyin uçmaydilar”, deb aytgan mahalliy aholi vakillaridan biri.
Amaldorlar aholi bilan uçraşgaç, “kuylovçi” yölni yana oddiy yölga aylantirişga qaror qilişgan.












