Bugundan futbol mavzusiga köproq töxtalamiz, jahon çempionati boşlanmoqda axir. Mundial kundaligi ruknida asosan Özbekiston milliy jamoasining JÇdagi iştirokiga e’tibor qaratamiz. Birinçi sonimizda jamoamizning eng oxirgi tayyorgarlik doirasidagi ikki öyiniga va umumiy jamoaning holatiga töxtalmoqçiman.

Töğrisini aytay, Kanadaga qarşi öyinning ikkinçi bölimidan keyin xavotirlanib qolgandim, biroq Niderlandiyadek dunyo futboli giganti bilan öyindan keyin Kannavaro boşçilik jamoaga işonçim oşdi. Bu gapni aytiş uçu keçagi öyinni kutib turgandim – Özbekiston jahon çempionatiga tayyor ekan!

Sovuq duş

Kannavaro Özbekiston milliy jamoasini qabul qilib olgandan keyin birorta rasmiy öyin ötkazilmadi. Örtoqlik öyinlari bilan esa xulosa qilib bölmaydi. Şu sabab bu murabbiydan nima kutişni köpçilik bilmaydi. U kelganidan buyon faqat iliq sözlar eşitdi, tanqid bölmadi, çunki tanqid qiladigan heç narsa yöq, göyoki barçasi risoladagidek ketayotgandi. Biroq Kanada bilan öyin bunday emasligini körsatib qöydi. Jahon çempionati mezboni jahon darajasidagi jamoaga qarşi öyin nimaligini, jahon çempionatida qanaqa raqiblar bölişini körsatib qöydi. Bu öyin jamoamiz uçun sovuq duş böldi, barça xatolarimiz, xususan, katta tempga doş berişda qiynalişimiz körinib qoldi.

Kannavaro «JÇda xato qilgandan örtoqlik öyinlarida xato qilgan yaxşi ekanini» aytdi. Kanadaga qarşi yomğirli havoda ötgan öyin biz uçun juda foydali böldi. Niderlandiya bilan öyin mundial oldidan eng oxirgi repititsiya böldi, şu bilan Meksikada Kolumbiyaga qarşi birinçi tur öyinida maydonga tuşamiz.

Niderlandiya juda kuçli va töğri tanlangan raqib edi, çunki guruhda Yevropaning yana bir jamoasi Portugaliya bilan öynaşimiz kerak. Quvonarlisi, Kannavaro boşçilik jamoamiz Niderlandiyadek gigant jamoa bilan juda yaxşi öyin körsatdi. Ayniqsa ikkinçi bölim yakunida ustunlik töliq biz tomonda böldi.

Ha, öyinda yutqazdik, lekin raqiblar ikkita golni ham penaltidan urdi. Markaziy himoyaçilarimiz ikki penaltiga sababçi böldi. Biz esa çiroyli hujumdan keyin gol urdik, öşa payt ustunlik töliq biz tomonda edi. Aytgança, Niderlandiyaning ikkinçi golini hisoblamaslik kerak edi, menimça. Çunki Gapko zarbadan oldin pauza qilib oldi, bu esa yangi futbol qoidalariga zid.

E’tibor bering, biz Niderlandiyaga yutqazdik va raqib ğalaba golini öyin tugaganidan keyin belgilangan şubhali penaltidan katta ehtimol qoidaga zid tarzda urdi. Jismonan kuçli, tezkor Yevropa grandiga qarşi öyinda ustunlikni qölga olib gol ura olişimiz, öyinni nazorat qilişimiz mumkinligini kördik. Bu öyin şaxsan menga yaxşigina umid berdi, endi Kolumbiya bilan ham, Portugaliya bilan ham bemalol öynay olişimizga işondim.