Niderlandiya boş murabbiyi Ronald Kuman sözlariga köra, jamoalar bir kunda ikkita öyin ötkazişni rejalaştirmoqda.

Birinçisi - rasmiy örtoqlik öyini (45 daqiqadan iborat 2 ta töliq bölim). Ikkinçisi — norasmiy (yopiq), birinçisidan söng darhol boşlanadi, 35 daqiqadan iborat ikki taym formatida. Unda zaxiradagilar va öyin vaqtiga muhtoj bölganlar öynaydi.

«Biz hammaga öyin vaqti bermoqçimiz. Birinçi öyin asosan boşlanğiç tarkib bilan, ikkinçisi esa qolganlar uçun. Şuning uçun ikki marta öynaymiz», dedi Kuman.

Niderlandiya va Özbekiston şu paytgaça biror marta özaro töqnaş kelmagan. Öyin yopiq eşiklar ortida (tomoşabinlarsiz) ötkaziladi, ammo televideniye va onlayn tarzda jonli efirda namoyiş etiladi. Bellaşuv Toşkent vaqti bilan soat 23:45 da boşlanadi. Ikkinçi öyin efirga uzatilmaydi.

AQŞ, Kanada va Meksika mezbonligida ötadigan jahon çempionati 11 iyun kuni boşlanib, 19 iyulda yakunlanadi. Turnirda ilk bor 48 jamoa iştirok etadi. Özbekiston milliy jamoasi guruh bosqiçida Kolumbiya (18 iyun, Toşkent vaqti bilan soat 7:00), Portugaliya (23 iyun, 22:00) va Kongo DR (28 iyun, 4:30) bilan öynaydi.