Ozarboyjonning hukmron partiyasi “Yeni Azerbayjan” raisi örinbosari, boş vazir örinbosari Ali Axmedov mamlakatda 11 aprelda ötgan prezident saylovlari ekzit-poll natijalariga izoh berarkan, Ozarboyjon xalqi amaldagi prezident Ilhom Aliyevga ovoz berib, töğri tanlov qilganini aytib ötdi.

Axmedovning ta'kidlaşiça, Ozarboyjondagi prezident saylovlarini bölib ötgan deb hisoblaş mumkin.

“Ekzit-pol natijalariga köra Ilhom Aliyev 80 foizdan köproq ovoz töplagan. Ozarboyjon xalqi Ilhom Aliyevga ovoz berib, töğri tanlov qildi”, deb aytgan Axmedov.

Saylovlarda 8 nomzod qatnaşgan, ulardan 6 nafari nomzodi siyosiy partiyalar, bir nafari taşabbuskor guruh tomonidan ilgari surilgan. Yana bir nomzod mustaqil nomzod sifatida iştirok etgan. 

Saylovlar ötişini 894 nafar xalqaro va 58175 nafar mahalliy kuzatuvçi kuzatib borgan.

Ozarboyjonda 5314365 kişi ovoz beriş huquqiga ega. Prezident saylovlarida ulardan 74,51 foizi, ya'ni 3959553 saylovçi iştirok etgan.