Rossiya taşqi işlar vazirligining rasmiy vakili Mariya Zaxarova Suriyadagi kimyoviy qurolsizlantiriş boşlangunça prezident Başar Asad “Moskvaning emas, London va Vaşingtonning eng yaxşi dösti” bölganini eslatib ötdi.
“Suriyadagi kimyoviy qurolsizlantiriş boşlangunça Asad Moskvaning emas, London va Vaşingtonning eng yaxşi dösti bölgan. Kerri (AQŞning sobiq davlat kotibi Jon Kerri) senatda işlaganda, Asad bilan döstona munosabatlarda bölgan”, deb aytgan Zaxarova Britaniyaning Sky News telekanaliga bergan intervyusida.
“Asad hayotining katta qismini Britaniyada ötkazgan. U biznikidan köra, köproq sizning yigitdir”, deb qöşimça qilgan Zaxarova.
Ğarb davlatlari ötgan hafta oxiridan rasmiy Damaşqni Duma şahriga kimyoviy hujum sodir etişda ayblab kelmoqda.
Damaşq 2013 yildagi kelişuv doirasida 1,3 ming tonna kimyoviy modda va kimyoviy qurolni yaratişda qöllanadigan prekursorlarni hamda 1,2 ming zaryadlanmagan öq dorilarini yöq qilganini deklaratsiya qilgan. Kimyoviy qurolni taqiqlaş taşkiloti 2016 yil yanvarda Suriyada kimyoviy qurolning töliq yöq qilinganini e'lon qilgandi.












