Damaşq sudi Suriyaning sobiq prezidenti Başar Asadni mamlakatdagi fuqarolar uruşi davrida harbiy jinoyatlar va insoniyatga qarşi jinoyatlarni sodir etganlikda ayblab, sirtdan ölim jazosiga hukm qildi. Bu haqda Suriyaning SANA agentligi va France24 naşri xabar bermoqda.
Şuningdek, Asadning amakivaççasi, Dar’a viloyatidagi norozilik namoyişlarini bostirişga rahbarlik qilganlikda ayblangan Suriya armiyasining sobiq brigada generali Atif Najib ham ayni jazoga mahkum etildi. U 2025-yil yanvar oyida hibsga olingan va sud uning iştirokida ötkazilgan.
Bundan taşqari, Asadning yana yetti nafar safdoşi ölim jazosiga hukm qilindi. Ular ham sobiq prezidentning özi kabi sirtdan sudlangan. Bu şaxslar qasddan odam öldiriş hamda ölimga olib kelgan qiynoqlarni qöllaşda aybdor deb topilgan.
Suriyani 2000-yildan beri boşqarib kelgan Başar Asad 2024-yil dekabrida hokimiyatdan ağdarildi. Asadning özi oilasi va ukasi Mohir bilan birga Rossiyaga qoçib ketdi. The Guardian naşrining yozişiça, Asadlar oilasi Moskvada haşamatli hayot keçirmoqda, biroq uning özi yakkalab qöyilgan - unga Suriya yoki Rossiya elitasi bilan aloqa qilişga ruxsat berilmayapti.












