Vaşington ştatida 3 mingdan ortiq özbeklar yaşab kelmoqda. Ştat IT, muhandislik, tibbiyot, aviatsiya va işlab çiqariş böyiça ijobiy körsatkiçlarga erişgani bois bu yerdagi vatandoşlarimiz ham asosan turli kompaniyalarda faoliyat yuritadi.

Maqsuda Yukcyel asli Buxorodan bölib, 26 yil avval AQŞga köçib ötgan. Bugun u Amerika ijtimoiy himoya tizimida faoliyat yuritadi, ştatdagi harbiylar va faxriylarga yordam tizimini belgilaşda qatnaşuvçi xodimlaridan biri. U har ikki yilda Buxoroga borib-kelişga harakat qilişini aytadi. Insonlararo issiqlikni, mehribonlikni eng köp soğinaman, deydi u.

“26 yil avval kelgan bölsam-da, Vatanimni soğinaman. Hamma narsasini soğinaman, borganimda qarindoşlarim uçun bayram böladi”, deydi Maqsuda Yuksel.

Sanobar esa öqituvçi, 14 yildan beri AQŞda yaşab keladi. U bugun nafat oilasi, balki onasi bilan ham birga Amerikada. Öqituvçi sifatida u boşlanğiç sinf öquvçilariga dars beradi, Amerikaga esa Green card dasturi orqali kelgan.

“Bu yerda taʼlim tizimi butunlay boşqaça, har bir sinfda kamida 15 ta millat vakillari ötirgan böladi. Şuningdek, bolalarni teng körasiz, bilimli-bilimsizga ajratolmaysiz, ular bilan bir-birimizni tuşunib işlaşga majburmiz”, deydi asli buxorolik Sanobar.

Feruza Hoşimova esa asli toşkentlik, ön yillardan beri oilasi bilan AQŞda yaşaydi. U maktabgaça taʼlim tizimida işlab keladi. Ikki nafar farzandi AQŞdagi oliygohlarda öqiydi. Hatto, boğçadan ham biz bolalarning köngliga qaraşga majburmiz, deydi u.

Tadbirda Özbekistonning Vaşington ştatidagi boş konsuli Ahror Burhonov sözga çiqdi, yiğilganlarni mustaqillik bayrami bilan tabrikladi.