AQŞ poytaxti Vaşington şahri öz tarixida ilk bor nufuzli NTT IndyCar Series poyga seriyasi bosqiçiga mezbonlik qildi: mamlakat mustaqilligining 250-yilligiga bağişlangan noyob Freedom 250 Grand Prix köça poygasi ötkazildi.
Uzunligi 2,7 km bölgan vaqtinçalik trassa Milliy alleya atrofida yotqizilib, bolidlar Kapitoliy va Vaşington monumenti fonida Pensilvaniya avenyusi böylab harakatlandi.
Bosqiçning boş qahramoni Andretti Global jamoasi şarafini himoya qilayotgan amerikalik poygaçi Kayl Kirkvud böldi. Birinçi qatordan start olgan Kirkvud 147 aylanadan 128 tasida yetakçilikni saqlab qolib, mutlaq ustunligini namoyiş etdi.
Freedom 250 Grand Prix yakunlari böyiça Kayl Kirkvud (Andretti Global / Honda) 1-örinni, Kristian Lundgor (Arrow McLaren / Chevrolet) 2-örinni, Uill Pauer (Andretti Global / Honda) 3-örinni egalladi.
Uşbu ğalaba evaziga Kayl Kirkvud mavsum yetakçisi Aleks Paloudan ortda qoliş farqini qisqartirib, şaxsiy hisobning top-3 taligidagi örnini mustahkamladi.

















