Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vaziri Azim Ahmedxöjayev Jahon bankining Transport va raqamli rivojlaniş böyiça xalqaro amaliyot bölinmasi direktori Frans Driz-Gross boşçiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar bermoqda.
Uçraşuvda tomonlar özaro hamkorlikda amalga oşiriş közda tutilgan Digital CASA loyihasi yuzasidan fikr almaşdilar. Mazkur loyiha mamlakatda raqamli texnologiyalari infratuzilmasini rivojlantiriş, «elektron hukumat» tizimlarini joriy qiliş hamda raqamli iqtisodiyotni qöllab-quvvatlaş kabi maqsadlarni közlaydi.
Özbekiston tomoni mehmonlarni axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantiriş, xususan telekommunikatsiya infratuzilmasini mustahkamlaş, aholiga körsatilayotgan elektron davlat xizmatlari körsatişni yaxşilaş kabi yönalişlarda amalga oşirilayotgan işlar bilan taniştirdilar.
Markaziy va Janubiy Osiyoni yagona raqamli xabga boğlaydigan va transçegaraviy telekommunikatsiya tarmoğini yaratişga qaratilgan Digital CASA dengizga çiqiş imkoni bölmagan mamlakatlarga Internetga tezkor ulaniş, şuningdek, mamlakatning tranzit salohiyatini oşirişiga xizmat qiladi.
Şuningdek, loyihaning amalga oşirilişi davlatning iqtisodiy salohiyatining oşişi, aholiga sifatli elektron xizmat körsatilişi, yangi iş örinlarining yaratilişiga xizmat qiladi.
Mazkur strategik maqsadga erişiş uçun Digital CASA hududiy loyihasi Internet tezligini oşirib, xususiy sarmoyalarning davlatning raqamli infratuzilmasini rivojlantirişga yönaltiradi.
Özbekiston tomoni loyihadan kutayotgan natijalar xususida ma'lum qilib, Jahon banki bilan istiqboldagi hamkorlik yuzasidan takliflarini bayon qildi.
Tomonlar istiqbolda ikkitomonlama manfaatdor hamkorlikni davom ettiriş yuzasidan fikr-mulohaza almaşişga kelişib oldilar.











