Bu haqda Jahon bankining Yevropa va Markaziy Osiyo iqtisodiyotiga bağişlangan 2026-yil oktabrdagi hisobotida maʼlum qilingan.
Hisobotga köra, Özbekistonda iqtisodiy ösişni real iş haqining oşişi, bandlikning kengayişi va xorijdan pul ötkazmalari qöllab-quvvatlamoqda. Infratuzilma, energetika va uy-joy qurilişiga investitsiyalar ham muhim omil bölib qolmoqda.
Bank baholaşiça, Özbekistonda 2025-yildagi 7,7 foizlik ösişdan söng joriy yilda körsatkiç 7,9 foizga yetadi. Keyingi yillarda ösiş surʼati biroz sekinlaşişi kutilmoqda: 2027-yil uçun 7,5 foiz, 2028-yil uçun esa 7,1 foizlik prognoz berilgan.
2026-yilgi baholar böyiça Özbekiston hisobotda qamrab olingan Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida Qirğizistondan keyin ikkinçi örinda. Qirğiziston iqtisodiyoti 9,6 foizga, Tojikistonniki 7,5 foizga, Qozoğistonniki esa 4,6 foizga ösişi kutilmoqda.
Markaziy Osiyo böyiça umumiy ösiş 5,8 foiz darajasida baholangan. Şu tariqa, Özbekistonning kutilgan körsatkiçi submintaqa örtaçasidan 2,1 foiz band yuqori.
Jahon banki Markaziy Osiyo Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasining eng tez ösayotgan qismi bölib qolişini qayd etgan. Bunga kuçli içki talab va davlat investitsiyalarining köpayişi yordam bermoqda.
Ayni paytda, hisobot qamrab olgan Yevropa va Markaziy Osiyoning rivojlanayotgan iqtisodiyotlarida umumiy ösiş 2025-yildagi 2,6 foizdan 2026-yilda 2,2 foizgaça sekinlaşişi kutilmoqda.
Keltirilgan raqamlar yil yakuni böyiça tasdiqlangan natijalar emas, Jahon bankining baholari va prognozlaridir.

















