Nigeriyaning şimolidagi Zamfara ştatida jangarilar tomonidan 26 kişi öldirildi. Motosiklda bölgan qurollangan kişilar Anka tumanidagi Kuru-Kuru qişloği yaqinida oltin qazib oluvçilarga hujum qilgan. Bu haqda AFP ma'lum qildi.
“Kuru-Kurudan bölgan konçilar va ularga yordamga kelgan qöşni Jarkuka qişloği vakillari halok bölganlar”, deb aytgan Anka hokimiyati raisi Mustafo Gado Anka.
Zamfara politsiyasi vakili Muhammad Şaxu hujum bölganini tasdiqlagan, biroq tafsilotlarni ma'lum qilişdan boş tortgan.
Oxirgi vaqtda Zamfarada tovon puli oliş maqsadida çora va odamlar öğirlanişi holatlari tez-tez sodir bölmoqda. Şu sababli Nigeriya armiyasi ştat hududida öz kuçlarini joylaştirgan.












