Özbekiston Respublikasi Prezidentining «Davlat huquqiy siyosatini amalga oşirişda adliya organlari va muassasalari faoliyatini tubdan takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi farmoni imzolandi.

Hujjatga köra, Özbekiston Respublikasi Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi tizimining Özbekiston Respublikasi Davlat byudjyetidan moliyalaştiriladigan kasb-hunar kollejlari yuridik xizmatlarining ştat birliklari hisobidan, «respublika – viloyat – tuman (şahar)» uç poğonali prinsipi böyiça vertikal boşqaruvni joriy etgan holda tumanlar (şaharlar)da adliya bölimlari taşkil etiladi.

Kasb-hunar kollejlarining tugatilayotgan yuridik xizmatlari funksiyalari tegişli tuman (şahar) adliya bölimlari tomonidan amalga oşirilişi belgilanmoqda.

Tumanlar (şaharlar) adliya bölimlarining asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilanmoqda:

  • hokimlarga hamda davlat organlari va taşkilotlarining tumanlar (şaharlar) tuzilmalariga qonunlar va boşqa normativ-huquqiy hujjatlarni qöllaş masalalari böyiça maslahatlar beriş;
  • davlat organlari va taşkilotlari tuman (şahar) tuzilmalarining qonunlar va boşqa normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini taşkil etiş böyiça faoliyatiga uslubiy rahbarlik qiliş va muvofiqlaştiriş;
  • qabul qilinayotgan qonunlar va boşqa normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati va ahamiyatini tumanlar tuzilmalaridagi ijroçilarga yetkaziş, «respublika – viloyat – tuman – mahalla» prinsipi böyiça huquqiy tarğibot va aholining huquqiy savodsizligiga barham beriş borasida, şu jumladan huquqni muhofaza qiluvçi va sud organlari bilan birgalikda çora-tadbirlarni amalga oşiriş;
  • tumanlar (şaharlar) hokimlari va xalq deputatlari Kengaşlarining qarorlarini qonun hujjatlariga, mamlakatimizda amalga oşirilayotgan islohotlarning maqsad va vazifalariga muvofiqligi nuqtai nazaridan huquqiy ekspertizadan ötkaziş;
  • huquqni qöllaş amaliyotini örganiş va tahlil qiliş, uning barqarorligi va bir xilligini ta'minlaş böyiça takliflarni işlab çiqiş;
  • inson huquqlarini himoya qiliş böyiça çora-tadbirlarni amalga oşiriş, öz vakolatlari doirasida jismoniy va yuridik şaxslarning murojaatlarini körib çiqiş;
  • davlat organlari va taşkilotlarining tuman (şahar) tuzilmalarida huquqiy işlarning holatini monitoring qiliş, şuningdek, ularning yuridik xizmatlari faoliyatini muvofiqlaştiriş, nazorat qiliş va metodik ta'minlaş.