Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 13 apreldagi PF-5415-son “Davlat huquqiy siyosatini amalga oşirişda adliya organlari va muassasalari faoliyatini tubdan takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi Farmoni hamda PQ–3666-son “Özbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillaştirişga doir taşkiliy çora-tadbirlar töğrisida”gi qaroriga muvofiq Respublikadagi tuman va şaharlarda Adliya vazirligining bölimlari taşkil etilmoqda.
Jumladan, Andijon viloyat adliya boşqarmasi tomonidan viloyatning Andijon, Asaka, Izboskan, Paxtaobod va Xöjaobod tumanlari hamda Andijon şahrida ana şunday bölimlar faoliyati yölga qöyildi.
Faoliyati yölga qöyilgan tuman adliya bölimlari uçun alohida bino ajratilib, talab darajasida jihozlandi. Zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalari bilan ta'minlandi. Fuqarolar uçun kutiş xonasi va unda kompyuter orqali qonunlar hamda normativ-huquqiy hujjatlar bilan tanişiş imkoniyati yaratildi.
– Tumanimizda adliya bölimi tomonidan mahallalarda tarğibot işlari keng yölga qöyilişi aholining huquqiy bilimsizlik ortidan kelib çiqişi mumkin bölgan muammolarining, şu bilan birga, tumanda jinoyatçilik, huquqbuzarlik kabi illatlarning oldini olişda muhim rol öynaydi, - deydi Marhamat tuman hokimi Şuhratbek Qamçiyev. - Uşbu işlarda tuman hokimligi va boşqa mutasaddi taşkilotlar hamkorlikda iş olib borişadi.
Fuqarolik jamiyatini şakllantirişni monitoring qiliş mustaqil instituti Andijon hududiy bölinmasi boşliği Tohirjon Axmadaliyev esa uşbu bölimlar haqida şunday fikrni bildiradi: “Joylarda ma'muriy va iqtisodiy sudlarning taşkil etilganligi odil sudlovga erişiş darajasini oşiriş imkonini bergan bölsa, tuman (şahar)larda adliya bölimlari faoliyat boşlagani huquqni qöllaş amaliyoti böyiça tanqidiy tahlil asosida aniq çora-tadbirlarni amalga oşiriş imkonini beradi”.




