25-26 aprel kunlari Qur'on musobaqasi Respublika bosqiçining ayol-qizlar örtasidagi bellaşuvlari Toşkent şahri Talabalar şaharçasida joylaşgan «Yoşlar ittifoqi» anjumanlar uyida (ÖzMU sobiq madaniyat saroyi) bölib ötadi. Şuningdek, «Navröz» qabullar uyida katta monitorlar örnatilib, tomoşabinlar uçun minglab örinlar hozirlanmoqda. Bu haqda«Özbekiston Qur'on musobaqasi – 2018» taşkiliy hay'at raisi Abduhakim qori Matqulov xabar bergan.

Erkaklar örtasidagi bahslar ham 21, 22, 23 va 24 aprel kunlari yuqorida zikr qilingan manzilda bölib ötişi közda tutilgan. «Minor», «Şayx Zayniddin» (Kökça) va «Hazrati Imom» (Xastimom) masjidlariga tomoşa uçun monitorlar qöyilişi rejalaştirilmoqda. Şuningdek, Qoraqalpoğiston Respublikasi va viloyatlardagi markaziy masjidlarga örnatiladigan katta ekranlar orqali ham musobaqa jarayonini onlayn tarzda kuzatib boriş mumkin.

Bellaşuvda viloyatlardan 43 nafar (14 hifz, 29 tilovat yönalişi böyiça) va ÖMI tasarrufidagi Islom bilim yurtlaridan esa 7 nafar (3 hifz, 4 tilovat yönalişi böyiça), jami 50 nafar qoriya qizlar özaro musobaqalaşişi kutilmoqda.