Saudiya Arabistonida ötkazilgan Qur’on tilovati va azon musobaqasida mahalliy va eronlik qorilar birinçi örinni egalladi. Bu haqda Al Arabiya xabar berdi. 

Jumladan, eronlik iştirokçi Yunus Şohmurodiy Qur’on tilovati tanlovida birinçi örinni egallab, 800 ming AQŞ dollari (9,1 milliard söm) mukofotni qölga kiritdi, Saudiya Arabistoni vakili Abdulaziz al-Faqih esa ikkinçi örinni egalladi. Unga 500 ming dollar (5,7 milliard söm) topşirildi. 

Azon tanlovida Saudiya Arabistoni vakili Muhammad Aş-Şarif ğolib bölib, 500 ming dollarni qölga kiritdi. Indoneziyalik abituriyent qiz Diaaddin bin Nizoriddin ikkinçi örinni egallab, 267 ming dollar (3 milliard söm) yutib oldi. 

Ğoliblarga mukofotlarni Saudiya Arabistoni Umumiy köngiloçar boşqarmasi raisi Turki aş-Şayx topşirdi. 

SPA xabariga köra, musobaqaning umumiy mukofot jamğarmasi 3 mln dollarni (34,3 milliard söm) taşkil qilgan. 

Uşbu tanlov eng yirik Qur’on tilovati va azon musobaqasi sifatida Ginness rekordlar kitobiga kiritildi.