Germaniyada Daniyani 10-asr oxirida boşqargan qirol Xarald I Köktiş yaşirgan bölişi taxmin qilinayotgan xazina topildi. Bu haqda The Guardian va Deutsche Welle naşrlari xabar berdi.
3 oyça avval havaskor arxeolog Rene Şon va uning 13 yoşli yordamçisi Luka Malaşniçenko Boltiq dengizida joylaşgan Ryugen orolini metallqidirgiç bilan tekşirib yurişganda ulardan biri yerda qandaydir yaltiroq narsani payqagan. Topilma dastlab alyuminiy folga bölagini eslatgan, biroq sinçkovroq qaralganda u kumuşdan işlangani aniqlangan.
Aprel örtalarida qazilma işlarini professional arxeologlar boşlaşgan. Ular belgilangan joyda ming yil avval kömilgan 600 ta tanga, dur, uzuk, taqinçoqlar aniqlaşgan.
Ryugenda qazib olingan qadimiy tangalar orasida 714 yilda zarb etilgan Damaşq dirhamlari ham bor bölgan. Xazinada topilgan eng yangi tangalar 983 yil bilan sanalangan. Bu esa xazina 980-yillar oxirida, qirol Xarald Pomeraniyaga qoçişiga töğri kelganda kömilganidan darak beradi.
Xarald I 958 yilda hokimiyatga kelgan. U Norvegiya va zamonaviy Şvetsiyaning bir qismini egallab olgan. Uning qirolligi vaqtida Daniya nasroniylikni rasman qabul qilgan.












