Suriyaning Şayrot harbiy bazasiga raketa hujumi amalga oşirilmagan, Suriya armiyasining havo hujumidan mudofaa vositalari esa yolğon trevoga tufayli faollaşgan. Bu haqda Haaretz suriyalik harbiylar orasidagi manbalarga asosan xabar bermoqda.

Ta'kidlanişiça, qömondonlardan biri yolğon trevogani Isroil va AQŞ tomonidan notöğri sodir etilgan «elektron hujum» bilan tuşuntirdi. Uning maqsadi Suriya radarlar tizimi bölgani aytilmoqda.

Eslatib ötamiz, avvalroq «Al-Masdar» portali suriyalik harbiylarga asosan Suriyaning Xoms şahridagi Şayrot harbiy aerodromiga hujum yuz bergani, u Isroil harbiy-havo kuçlari tomonidan amalga oşirilgani haqida xabar qilgandi. Suriya rasmiy OAV xabariga köra, Suriya havo hujumidan mudofaa kuçlari Xoms şahri yaqinida raketalarni urib tuşirgan.