5-oktabr kuni Germaniya mudofaa vaziri Boris Pistorius va Quyi Saksoniya boş vaziri Olaf Lis Emdenda harbiy-dengiz bazasi quriş böyiça niyatlar deklaratsiyasini imzoladi. Yangi baza mamlakat flotining Şimoliy dengiz sohilidagi ikkinçi tayanç nuqtasi böladi.

Pistorius Emden yana Germaniya harbiy-dengiz kuçlari bazasiga aylanişini maʼlum qildi. Uning taʼkidlaşiça, hozirgi flot Bundesver tarixidagi eng kiçigi bölsa-da, bajarişi lozim bölgan vazifalar kölami har qaçongidan katta.

«Şuning uçun harbiy-dengiz floti kengayişi kerak va u kengayadi», - dedi vazir.

Emdenning tanlanişi uning strategik joylaşuvi va quriliş uçun yetarliça böş maydonlar mavjudligi bilan izohlanmoqda. Loyiha doirasida kemalarning töxtaş joylarini köpaytiriş, priçallar uzunligini oşiriş va harbiy xizmatçilar sonini kengaytiriş rejalaştirilgan.

Hozir Germaniyaning Şimoliy dengiz sohilida faqat bitta - Vilgelmsxafendagi Xeppenzer-Groden harbiy-dengiz bazasi bor. Pistoriusga köra, ikkinçi bazaning paydo bölişi flotning harakatçanligi va turli vaziyatlarga moslaşiş imkoniyatini oşiradi.

Vazir jiddiy inqiroz yuz bergan taqdirda Germaniya flotining harakatlarini oldindan taxmin qiliş qiyinlaşişi, uning operativ imkoniyatlari esa kengayişini taʼkidladi.

Tagesschau maʼlumotiga köra, yangi portda fregatlar uçun yettita, minalarni qidiriş va zararsizlantiriş kemalari uçun önta, buksirlar uçun yana önta töxtaş joyi taşkil etiş közda tutilgan. Baza Germaniya harbiy-dengiz kuçlarining yangi strategiyasida muhim örin tutadi.

Naşr keltirgan ekspertlar bahosiga köra, Emdenning geografik afzalliklaridan biri - şahar Rossiyaning örta masofali raketalari yetib boriş hududidan taşqarida joylaşganidir.