Hodisa 8-oktabrga ötar keçasi Kembrijşir grafligidagi RAF Molesworth bazasida sodir bölgan. Uşlangan erkaklar 32 va 36 yoşda bölib, Buyuk Britaniyada istiqomat qiladi.
Politsiya maʼlumotiga köra, xavfsizlik patruli dastlab baza yaqinida taşlab ketilgan avtomobilni aniqlagan. Keyin obyekt atrofidagi tösiq şikastlangani maʼlum bölgan. Ikki erkak baza hududi içidan topilib, qölga olingan.
Ular dastlab taqiqlangan hududga ruxsatsiz kiriş va mulkka zarar yetkaziş gumoni bilan uşlangan. Keyinçalik ularga nisbatan Buyuk Britaniya manfaatlariga zararli maqsadda taqiqlangan obyektga kiriş gumoni böyiça ham çora körilgan.
Hodisani terrorizmga qarşi kuraş politsiyasi tekşirmoqda. Gumonlanuvçilarning aniq maqsadi tergov davomida örganilmoqda.
Ferforddagi hodisa bilan boğliqlik aniqlanmagan
Politsiya hozirça mazkur voqeani sentabr oxirida Ferford aviabazasi yaqinida sodir bölgan hodisa bilan boğlaşga asos yöqligini bildirgan.
Öşanda mahalliy aholi vakili baza atrofidagi şubhali harakatlar haqida xabar bergan. Politsiya uçta furgonni tekşirib, ulardan benzin topgan. Hudud örab olingan, yaqindagi qişloq aholisi esa evakuatsiya qilingan.
Ferforddagi holat yuzasidan yetti nafar gumonlanuvçi uşlangan, keyinçalik ularning barçasi muayyan şartlar asosida qöyib yuborilgan.
Şundan söng AQŞ Ferford bazasidagi B-1 bombardimonçi samolyotlarini olib çiqişga qaror qilgan. Prezident Donald Tramp buni, uning sözlariga köra, Eron bilan boğliq şaxslardan kelayotgan tahdidlar bilan izohlagan.








