Özbekiston va Eron Islom Respublikasi örtasidagi savdo-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy hamkorlik böyiça Hukumatlararo komissiyaning ön ikkinçi majlisi Tehron şahrida, Eronning sanoat, toğ-kon sanoati va savdo vazirligi huzuridagi savdoni rivojlantiriş taşkilotida bölib ötdi. Şuningdek, Özbekiston delegatsiyasining Eron Islom Respublikasiga taşrifi doirasida «Özanoatexport» AJ tomonidan Özbekiston-Eron savdo uyi oçildi va har ikki tomonning rasmiy şaxslari va tadbirkorlari iştirokida biznes-forum ötkazildi. Taşqi savdo vazirligi matbuot xizmatining xabar berişiça, forum natijasida, töqimaçilik, dukkakli mahsulotlar va quritilgan meva-sabzavotlarni yetkazib beriş böyiça eksport şartnomalari imzolangan.
Ikki mamlakatning Hukumatlararo yiğilişi doirasida Özbek va Eron bir qator masalalar, şu jumladan, har ikki tarafdan çeklangan tovar pozitsiyalarini imtiyozli bojxona bilan ta'minlaydigan ikki tomonlama savdo bitimining loyihasini muhokama qilişdi. Tomonlar hujjat loyihasiga qöşiladigan mahsulotlar röyxatini bir oy içida tayyorlaş va özaro almaşişga, şuningdek özaro kelişilgan muddatda navbatdagi muzokaralarni Toşkentda taşkillaştirişga kelişib olişdi.


Bundan taşqari, tomonlar ikki mamlakatning kiçik va örta bizneslari örtasida yaqin hamkorlik aloqalarini örnatiş, moliyaviy, huquqiy va boşqa masalalarni hal qilişda yordam bera oladigan Özbekiston va Eron savdo-sanoat palatalari iştirokida özbek-eron Biznes Kengaşini ta'sis etişga kelişib olişdi.
Körib çiqilgan boşqa mavzular orasida - ikki tomonlama oliy darajadagi tadbirlar jarayonida Özbekiston Respublikasi Davlat bojxona qömitasi va Eron Bojxona boşqarmasi örtasida elektron axborot almaşinuvini rivojlantirişga kömaklaşuvçi Memorandum imzolanişiga tayyorgarlik körişni qayd etiş mumkin. Taşabbusning asosiy vazifalari: özaro savdo-sotiqni rivojlantiriş, eksport-import operatsiyalarini amalga oşiriş jarayonida bojxona jarayonlarini soddalaştiriş.


«Özbekiston-Eron munosabatlarining asosiy yönalişlaridan biri transport sohasidagi hamkorlikdir. Bizning vazifamiz - ikki mamlakatning eksport tuzilmalarini hisobga olgan holda mavjud tranzit tariflarini Eronlik şeriklar bilan optimallaştiriş. Bu, har ikki tomonga, jumladan yuqori qöşimça qiymatga ega mahsulotlarning ham raqobatbardoşligini oşiradi», - ta'kidladi Özbekistpn Respublikasi taşqi savdo vaziri Jamşid Xodjayev.
Şuningdek, Eron Islom Respublikasiga taşrifi çoğida «Özbekiston-Turkmaniston-Eron-Ummon», «Xitoy-Qozoğiston-Özbekiston-Turkmaniston-Eron» va Transafğon yölagi orqali transport koridorining işga tuşirilişi masalalari körib çiqildi. Eron tomoni «Mafsir-Şarif-Hirot» temir yölining davomi böluvçi «Xaf-Hirot» temir yölining qurilişini yakunlaş uçun barça sa'y-harakatlarni amalga oşirşi haqida xabar berdi. Bu esa, öz örnida, mintaqadagi davlatlar örtasida mahsulotlar yetkazib beriş narxi va muddati qisqarişi natijasida yuk taşiş hajmining ösişiga olib keladi. Şuningdek, Eron tomoni Özbekistonning Hirotda ğildiraklar juftligini almaştiriş uçun stansiya quriş böyiça takliflarini örganişga tayyorligini bildirdi.











