18.04.2018 yildagi  ÖRQ–476-son Qonun bilan Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksga özgartirişlar va qöşimçalar kiritildi, deb yozmoqda Norma.
 
Birinçidan, yer osti boyliklarini muhofaza qiliş va ulardan foydalaniş talablarini (MJTKning 70-moddasi) buzganlik uçun ma'muriy javobgarlik kuçaytirildi. Jarima sanksiyalarining oşirilişi quyidagi jadvalda yaqqol namoyiş etilgan.

Ikkinçidan, daryolarning özanlarini tozalaşga va qirğoqlarini mustahkamlaşga doir işlarni amalga oşiriş tartibini buzganlik uçun ma'muriy javobgarlik joriy etildi. Buning uçun fuqarolarga 30 dan 50 EKIHgaça, mansabdor şaxslarga esa 50 dan 100 EKIHgaça jarima solinadi. Huquqbuzarlikni ma'muriy jazo çorasi qöllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etiş huquqbuzarlikni sodir etiş quroli bölgan aşyoni (maxsus texnika va uskunalar: lebyodka, ekskavatorlar, buldozerlar va h.k.) yoki uning bevosita aşyosini musodara qilib fuqarolarga 50 dan 70 EKIHgaça, mansabdor şaxslarga esa 100 dan 150 EKIHgaça jarima solişga sabab böladi.
 
Mazkur toifadagi işlarning sudga taalluqliligi sodir etilgan ma'muriy huquqbuzarlik tarkibiga boğliq. Birinçi marta sodir etilgan huquqbuzarliklar (MJTKning 70-1-moddasi 1-qismi) Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş davlat qömitasi vakolatiga, takror sodir etilganlari esa (MJTKning 70-1-moddasi 2-qismi) ma'muriy sudlar vakolatiga kiritildi. 
 
Bunda huquqbuzarlarni ma'muriy uşlab turiş içki işlar organlari xodimlari va Ekologiya davlat qömitasi  organlari mansabdor şaxslari tomonidan amalga oşiriladi. Uşlab turiş sabablari bartaraf etilguniga va iş körib çiqilguniga qadar transport vositalarini uşlab turiş va körikdan ötkaziş huquqi faqat Ekologiya davlat qömitasi  organlari mansabdor şaxslariga tegişli.
 
Qonun 19.04.2018 yilda kuçga kirdi.