Özbekistonda tadbirkorlar uçun barça turdagi jarimalar miqdori örtaça 2 barobar kamaytiriladi. Bu haqda prezident Şavkat Mirziyoyev tadbirkorlar bilan muloqotda e’lon qildi.

Hozir 51 ta idora moliyaviy jarima qöllaş vakolatiga ega. Ayrim idoralarda jarimadan tuşgan mablağning bir qismi özida qolişi “tekşirsa – qörqadi, qörqsa – tölaydi” degan notöğri yondaşuvni keltirib çiqarayotgani tanqid qilindi.

“Jarima mablağ yiğiş uçun emas, sohada tartib-intizom va profilaktika uçun xizmat qilişi kerak”, – dedi prezident.

Davlat korxonalari xarid qilgan tovarlar böyiça tadbirkorning zakalat pulini qaytariş avtomatlaştiriladi.

Kelasi yildan tadbirkor va davlat örtasidagi nizolarda “Tadbirkorning haqlilik prezumpsiyasi” joriy etiladi. Tadbirkorning aybi sudda isbotlanmagunça u aybsiz hisoblanadi va unga jarima yoki boşqa ta’sir çorasi qöllanmaydi.

Şuningdek, “Birinçi xato uçun ogohlantiriş” qoidasi joriy etiladi. Birinçi bor qoida buzgan va odamlar hayoti, soğliği yoki mulkiga zarar yetkazmagan tadbirkorga kamçilikni bartaraf etiş uçun 10 kun beriladi.

Nazorat organlari birinçi instansiyadan keyingi har bir sud bosqiçida davlat bojini tölaydi.

Savdo-sanoat palatasi huzuridagi ekspert kengaşiga bojxona, quriliş, sanitariya, karantin va veterinariya sohalaridagi nizolarni ham körib çiqiş vakolati beriladi.