Tojikiston parlamenti quyi palatasi “Davlat moliyasi töğrisida”gi qonunga tuzatmalar kiritdi. Unga köra, Millat yetakçisi jamğarmasi yaratilmoqçi.  

Tojikiston moliya vaziri Rustam Şoxmurod deputatlar oldidagi çiqişida tuzatmalar Millat yetakçisi jamğarmasini yaratişni közda tutişini ta'kidlab ötgan. Bu jamğarma davlat byudjyeti mablağlari hisobiga töldirib boriladi. 

Şoxmurodning aytişiça, jamğarmaga umumiy davlat byudjyetidan 0,2 foizi (joriy yilda bu qiymat 42 mln somoniy yoki 4,6 mln dollar) ötkaziladi. 

Jamğarma mablağlarini işlatiş tartibini Millat yetakçisi, ya'ni Tojikistonning amaldagi prezidenti Imomali Rahmon belgilaydi. Mablağlar xayriya maqsadlariga yönaltiriladi.  

Vazirning ta'kidlaşiça, jamğarmaga mablağlar ötkazilişi amaldagi prezident öz vakolatlarini topşirgandan keyin boşlanadi.

Tojikiston konstitutsiyasiga köra, bir kişi qatorasiga ikki muddatdan köproq prezident böla olmaydi.

Biroq Tojikiston konstitutsiyasiga 2016 yil maydagi tuzatişlarga köra, “çeklovlar Tinçlik va millat birdamligi asosçisi – Millat yetakçisiga taalluqli emas. Millat yetakçisi huquqiy maqomi va vakolatlari konstitutsiyaviy qonun bilan belgilanadi”.    

Bu esa amaldagi prezident Imomali Rahmonning Millat yetakçisi sifatida prezident lavozimiga çeklanmagan marta saylana olişini anglatadi.