Britaniya şahzodasi Harri va amerikalik aktrisa Megan Marklning nikoh töyiga sanoqli kunlar qolmoqda. Butun dunyoda kutilayotgan töy 19 mayga belgilangan.
Töyga bir oydan kamroq vaqt qolmoqda. Bungaça hamma narsa tayyor bölişi kerak. Töy bilan boğliq barça ma'lumot qattiq sir tutilmoqda. Biroq Britaniya naşrlari töyga ketadigan taxminiy xarajatlarni baholaş uçun mutaxassislarni taklif qilişdi.
Mutaxassislarning taxminiça, töyga umumiy miqdorda 45 mln dollar sarflanadi. Undan 42 mln dollari mehmonlarni qöriqlaş uçun ketadi. Bu maqsadda snayperlar va maxfiy agentlar yollangan. Töy ötadigan joy – avliyo Georgiy ibodatxonasini töyga tayyorlaşga yarim million dollar, taomlar va içimliklarga 650 ming dollar ketadi. Mutaxassislarning fikriça, kuyovning kostyumi 12 ming dollar, kelinning köylagi esa ança qimmatroq – yarim million dollarga tuşadi.
Megan va Harri bezaklarga kattagina pul sarflaşlari aytilmoqda.
“Fikrimça, hammasi “heç kimnikiga öxşamas” tamoyili böyiça böladi. Çarlz va Diananing töyida köp miqdorda oq atirgullar bölgan. Keyt vaUilyamning töyini bezaşda turli daraxtlar qöllangan. Bu töyda esa aralaş, biroq klassik körinişdagi kompozitsiyalar böladi”, deb aytmoqda mutaxassislardan biri.
Harri öz qayliği uçun taxtdan voz keçişga ham tayyor bölgan. Çunki Megan undan yoşi kattaroq, avvalgi turmuşidan ajraşgan, yarmiga afroamerikalik – bularning barçasi ingliz an'analariga zid. Megan va şahzodani xayriya işlari birlaştiradi. Töyga taklif qilinganlar orasida birorta siyosatçi yöq. Biroq Mançesterdagi terakt vaqtida jabrlangan 12 yoşli Ameliya bor.
Butun dunyo uşbu töyni intiqlik bilan kutmoqda – u şahzoda Uilyam va Keytning töyidan ham yorqinroq böla oladimi? Çunki dastlabki hisob-kitoblarga köra ham Harri va Meganning töyi ularnikidan 20 mln dollar qimmatroqqa tuşadi. Uilyam va Keytning töyini 2,5 mlrd odam kuzatgan bölsa, bölajak töyni undan ham köproq odam kuzatişi taxmin qilinmoqda.
Bularning barçasini esa 19 may kuni bilib olasiz.












