Qirğiziston boş vaziri etib tayinlangan Muhammadkali Abilğoziyev kortej va yöllarni tösib qöyişdan boş tortdi.
Guvohlarning 24.kğga xabar berişiça, hukumat rahbari bugun işga juda vaqtli – soat taxminan 7:30da kelgan. Şu bilan birga, unga kortej hamrohlik qilmagan.
Boş vazir apparatidan ta'kidlaşlariça, Muhammadkali Abilğoziyev şanba, 21 aprel kuni, DMXQ yangi raisini taniştirib, Idris Qodirqulovga ortiqça qöriqlaş xizmati va hamrohlik qiluvçi xodimlarni olib taşlaş haqida topşiriq berdi.
Hukumat rahbari apparatidan qayd etişlariça, Muhammadkali Abilğoziyevning avtomaşinasi harakatlanadigan yöllarda harakat tösib qöyilmaydi. Bu haqda ham boş vazirning özi körsatma bergan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Qirğiziston prezidenti apparati boşliği Muhammadkali Abilğoziyev hukumat rahbari lavozimiga nomzodga aylangani xabar berilgandi.











