Qirğiziston prezidenti apparati boşliği Muhammadkaliy Abilğoziyev hukumat rahbari lavozimiga nomzodga aylandi. Bu haqda 24.kg parlamentdagi manbalarga asosan xabar bermoqda.
Ta'kidlanişiça, deputatlik korpusi boşqa nomzodlarni hozirça körib çiqmaydi.
Muhammadkaliy Abilğoziyev Qirğiziston prezidenti apparati rahbari lavozimida bir oydan beri işlamoqda.
U 1968 yilning 20 yanvar kuni Norin viloyati Qöçqor tumanida tuğilgan, Konstantin Skryabin nomidagi Qişloq xöjaligi institutini, Qirğiziston Xalqaro universitetining iqtisodiyot va biznes fakultetini tamomlagan.
Mehnat faoliyatini 1994 yilda, «Qirğiziston» Moliyaviy-agrosanat kompaniyasi direktori örinbosari sifatida boşlagan. Qirğiziston Ijtimoiy fondida turli lavozimlarda işlagan.
2016 yilning 13 aprelida Qirğiziston boş vaziri birinçi örinbosari sifatida tayinlangan. Sooronbay Jeenbekovning 22 avgustdagi iste'fosidan söng boş vazir vazifasini bajargan. 2017 yilning 12 sentabriga qadar Qirğiziston prezidenti maslahatçisi bölib işlagan.
2017 yilning 12 sentabr kuni Qirğiziston prezidenti apparati rahbarining birinçi örinbosari, 2018 yilning 16 martida Qirğiziston prezidenti apparatining rahbari etib tayinlangan.

















