“Onamning közida mujda bor. Xudodan söragani - dardimga şifo. Roziçilik olganimda bardoş berolmaganidan qöyib yubormagan edi. Balki şungadir, Xudo meni ularga qaytarib berdi. Yoşim 18da. Lekin xastalik çipqonday yopişgandan beri 80 yil yaşagandekman. Gaplarim ham avvalgidekmas. Bolalarça orzu qilmay qöydim. Niyatim onam va otamga birrov bölsa-da xizmat qilib qoliş. Nasib etadimi-yöqmi, Xudo biladi. Bugun taşqariga çiqdim. Ançadan beri uyga kömilib yotgan edim. Negaligini bilmayman. Biroq özimni özim yeb qöyyapman. Qiziq, hovlidagi halinçak böm-böş. Uning egasi bolalik. Bolalik esa meni erta tark etdi. Xudodan söraganim bor. Menga yana umr bersin. Şifo bersin! Yaxşilik bersin!”.
Bu - Azizbekning dil izhori. Har gal şu yigit yodimga tuşsa, uning beğuborligidan hayratga tuşaman. Xastalik tekkandan beri şifoxonadan şifoxonaga qatnamoqda. Afsuski, xastalik Azizbekni ham, uning ota-onasini ham tinkasini quritdi. Yodingizda bölsa, Azizbekka xayriya aksiyasi ham taşkil etgan edik. Kuni keça yana ularning holidan xabar olib qaytdik.
Youtube'da köriş
Mover.uz'da köriş
- 7 sentabr kuni taşxis topşirgani kelganmiz. Undan oldin esa virusologiya şifoxonasiga borganmiz. Öşa yerda taşxislarga qarab, gematologiyaga borişlaring kerak, deb aytişgan, - deydi biz bilan suhbatda Azizbekning otasi Anvar aka. – U yerda Azizbekning qoniga virus tuşgani, davolanişi zarurligini aytişdi. Dori-darmondan ança qiynaldik, lekin olib berdik. Ora-orada yordam ham böldi. Özim qaşqadaryolikman, quruvçilikda işlar edim. Ammo 8 oydan buyon öğlimning yonida bölganim uçun işsizman hozir. Uç farzandim bor, Azizbek ularning kattasi. Boşimizdan juda oğir kunlar ötdi. Öğlim yana ikkita operatsiyani boşidan ötkazişi kerak.
Hayotda şunday odamlar borki, hatto ojiz insonlarning boşidagi musibatidan foydalanib bölsa-da, öz nafslari yölida eng pastkaş işlarga ham qöl uradi. Gap şundaki, Azizbekka xayriya aksiyasi taşkil etganimizdan söng, bemor uçun oçilgan plastik kartadan ğayriqonuniy tarzda mablağ özlaştirişgan.
- 8 mln 80 ming pulni özlaştirib yuborişdi. Men ularning qanday insonliklarini bilmadim. Ularning jazosini Xudoyimning özi bersin. Xayriya aksiyasida iştirok etib, bizga yordam qölini uzatganlarga katta rahmat aytmoqçiman. Bizdan ham qaytsin, ilohim. Lekin, bilmayman, qaysi noinsof şu darajada kasal ekanligimizni bilib, pullarni yeçib oldi? – dedi Azizbekning otasi.

Voqea quyidagiça sodir bölgan. Notaniş bir inson Azizbekka telefon qiladi. “100 ming söm pul taşlab yubormoqçi edik, hozir bankda turibmiz, ammo bir tuşunmovçilik bölyapti. Şuning uçun hozir sizga oltita raqamdan iborat SMS boradi, şu raqamlarni bizga aytib yuboring”, deyişgan. Tabiiyki, bu gaplarga işongan Azizbek ularga raqamlarni aytgan. Firibgarlar öşa kod orqali xayriya aksiyasida yiğilayotgan pullarni yeçib olişgan. IIBga murojaat qilingan, ma'lumotlarga köra, ularning iziga tuşilgan.
Azizbek bilan suhbatda uning xastalikka çalingandan beri odamovi bölib qolganligini bildik. Bu, albatta, yaxşi emas. Ruhan tuşkunlikka tuşib qolgan Azizbek bilan suhbatlaşdik. Hovlida sayr qilişga köndirdik. Qölimizdan kelgança unga dalda böldik. Körsatuv avvalida aytilgan dil izhori ayni hovlidagi sayrda Azizbekning qalbidan çiqqan izhor edi. Naqadar qiyin ahvol bölmasin Azizbek bilan xayrlaşdik.
Azizlar, şu yigitga mehr kerak. Ruhiy dalda kerak. Imkon qilsangiz suhbatlaşing, davolanişiga kömaklaşing. Duolaringizda Azizbekni eslab qöying. Zero, Yaratguvçimizning rahmatlari şu kabi pok qalb egalarining dillaridadir.
Qöşimça ma'lumotlar:
Xayriya qilmoqçi bölganlar uçun: Agrobank (Click, Payme)
8600 0417 3667 4434 Arziyev Anvar
Telefon raqami: +99890 616 52 76 (Anvar aka, Azizbekning otasi)
Agrobank ATB Toşkent şahar filiali
MFO: 00394
INN: 201 200 124
Naqd pul topşirganda: 2311 6000 6000 0039 4001
Mijoz arizasiga asosan kartadan kartaga pul ötkazilganda: 2311 8000 4000 0039 4001
Boşqa taşkilotlardan kelib tuşgan mablağlar tranziti: 2312 0000 9000 0039 4001











