Adliya vazirligi va BMTTD örtasida “Özbekistondagi samarali, hisob beruvçi va şaffof boşqaruv institutlari orqali korrupsiya qarşi kuraş» loyihasini amalga oşiriş böyiça kelişuv imzolaş marosimi bölib ötdi. Bu haqda vazirlik axborot xizmati xabar bergan.

8 million AQŞ dollari byudjyetiga ega bölgan uşbu loyiha korrupsiyaga qarşi kuraş böyiça yirik kompleks çora-tadbir hisoblanib, deyarli barça sohalarni qamrab olgan. U uç yilga möljallangan.

Foto: Adliya vazirligi axborot xizmati
Foto: Adliya vazirligi axborot xizmati

Loyiha Adliya vazirligi, Boş prokuratura tomonidan mamlakatimiz vazirlik va idoralari hamda BMTTD bilan hamkorlikda işlab çiqilgan. U uç yilga möljallangan bölib, hamkorlikning qöyidagi yönalişlarini öz içiga olgan:

– korrupsiyaga qarşi kuraş böyiça milliy qonunçilikni har tomonlama tahlil qiliş, uni takomillaştiriş va xalqaro ekspertlar iştirokida korrupsiyaga qarşi kuraş sohasidagi xalqaro şartnomalar doirasida xalqaro standartlar, davlat majburiyatlariga moslaştiriş;
– korrupsiyaga qarşi kuraş sohasidagi bilim va könikmalarni yanada takomillaştirişga qaratilgan davlat xizmatçilarini tayyorlaşning innovatsion uslublarini işlab çiqiş va joriy qiliş, xorijiy mamlakatlarning uşbu sohadagi ilğor tajribasini örganiş va orttirilgan bilimlarni yurtimiz taşkilotlari faoliyatiga implementatsiya qiliş;
– eng sönggi uskunalar, dasturiy ta'minot bilan ta'minlaş orqali korrupsiyaga qarşi kuraşiş böyiça tadbirlarni ötkaziş maqsadida Özbekiston Respublikasi taşkilotlariga texnik kömak körsatiş, bu esa öz navbatida davlat organi va fuqaro örtasida interaktiv muloqotni yölga qöyiş, aholiga davlat xizmatlarini körsatiş tartibini soddalaştiriş, davlat organlariga murojaat çoğida byurokratiya tösiqlarini bartaraf qiliş, samarali hujjat aylanişi hamda korrupsiyaning oldini oliş uçun davlat xizmatlari şaffofligini ta'minlaşga xizmat qiladi;
– korrupsiyaga qarşi kuraş yölidagi sa'y-harakatlarni qöllab-quvvatlaş maqsadida yangi texnologiyalardan foydalangan holda bilim va könikmalarni tarqatiş va tarğib qiliş orqali jamiyatda korrupsiyaga toqatsizlik madaniyatini rivojlantiriş. Hukumat, fuqarolik jamiyati va xususiy sektor örtasida faol hamkorlikni rivojlantiriş, jamiyatda korrupsiyaga toqat qila olmaslikni rivojlantirişga qaratilgan yagona media-strategiya va axborot kompaniyalarini işlab çiqiş va amalga oşiriş;
– Özbekiston Respublikasining korrupsiyaga qarşi kuraş böyiça xalqaro institutlar bilan hamkorligini rivojlantiriş, ularning faoliyatida faol iştirok etiş, öz navbatida korrupsiyaga qarşi kuraş böyiça davlatimiz oldida turgan muammoli masalalarni hal etişga xizmat qiladi.

Foto: Adliya vazirligi axborot xizmati

Uşbu global loyihaning asosiy vazifasi korrupsiyaga qarşi kuraş sohasidagi davlat siyosatini samarali amalga oşirişdan iborat.