Yekaterinburgda yozgi harbiy kiyimdagi qizlar qorli ob-havoda 9 mayda ötkaziladigan paradga tayyorgarlik körayotgan surat "Pikabu" saytining Tretiy73 niki ostidagi foydalanuvçi tomonidan joylandi. Surat ostiga "Ğalaba paradi repetitsiyasi" deb yozilgan. Ma'lum bölişiça, bu suratni unga döstlari yuborişgan. Manbaga köra, surat 24 aprel kuni olingan. 

Foto: VK

Xuddi şu kuni "VKontakte" ijtimoiy tarmoğida ham Yekaterina Lvovna nomi ostidagi foydalanuvçi tomonidan ham "9 mayga tayyorgarlik" deb yozilgan şunga öxşaş suratlar joylandi. 

Foto: VK/Yekaterina Lvovna

Suratlarda qizlardan taşqari, suvorovçilar kiyimidagi ösmirlar ham aks etgan. Fondagi bino Yekaterinburg viloyatida Suvorov harbiy ta'lim muassasi bilan bir köçada joylaşgan Ofitserlar uyini eslatadi, deyiladi manbada.

Foto: VK/Yekaterina Lvovna

24 aprel kuni Yekaterinburgda bir kunda oylik yoğingarçilik me'yorining yarmi yoğdi — 12 millimetr atrofida. Taxminan 10 daraja issiqdan 0 darajagaça keskin pasaygan harorat tufayli Ural köçalari qor bilan qoplangan.

 Foto: TJ

Keyinroq Znak.com naşrining aniqlik kiritişiça, Ofitserlar uyi oldida 9 may paradi iştirokçilari emas, vatanparvarlik ruhidagi tanlovlardan birining şahar bosqiçi iştirokçilari bölgan. Loyiha vakili Olga Rogulinaning sözlariga köra, muqobil variantdagi maydonning yöqligi sabab unga "ongli ravişda qaror qabul qilgan jamoalar çiqqan va ularning rahbarlari bunga ruxsat berişgan".