«Dunyo» axborot agentligi xabariga köra, Toşkent viloyatida tuğilgan A.D. 8-sentabr kuni Özbekistonning Yekaterinburg şahridagi Boş konsulxonasiga yordam sörab murojaat qilgan.
Fuqaroning maʼlum qilişiça, u 2026-yil yanvar oyida vaqtinça mehnat faoliyati bilan şuğullaniş maqsadida Sverdlovsk viloyatiga borgan. Biroq iyul oyida vaqtinça yaşaş joyida yiqilib, umurtqa poğonasidan oğir jarohat olgan.
Mablaği bölmagani sababli u zarur davolaniş kursini ololmagan va mehnat faoliyatini davom ettiriş imkoniyatidan mahrum bölgan. Bundan taşqari, uning şaxsini tasdiqlovçi hujjatlari ham foydalanişga yaroqsiz holga kelgan.
Boş konsulxona xodimlari vaziyatni örganib, tegişli idoralar bilan hamkorlikda zarur çoralarni körgan. Fuqaroga Özbekistonga qaytiş guvohnomasi rasmiylaştirib berilgan.
Şuningdek, belgilangan tartibda Migratsiya agentligi jamğarmasi mablağlari hisobidan «Yekaterinburg–Toşkent» yönalişidagi aviareysga çipta xarid qilingan.
Natijada u Boş konsulxona va Migratsiya agentligi xodimlari kuzatuvida Özbekistonga eson-omon qaytarilgan.

















