Farğona viloyati turizmni rivojlantiriş hududiy boşqarmasi taşabbusi bilan viloyat hokimligi va Qöqon şahar hokimiyati, Özbekiston Yoşlar ittifoqining Farğona viloyat kengaşi va «Al-Fergani Tur» turfirmasining yordamida 2018 yilning 20 aprel kuni «Özbekiston böylab sayohat qil!» dasturi doirasida Quvasoy şahar 90-sonli quloği zaif bolalar uçun ixtisoslaştirilgan maktab-internat öquvçilari uçun sayohat uyuştirildi. Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi matbuot xizmati şu haqida xabar bermoqda.
Nogironligi bölgan 13 nafar iqtidorli va qobiliyatli bola Özbekistonning «Ipak poytaxti»ga taşrif buyurib, maşhur yodgorlik fabrikasini örganişdi. Xorijlik sayyohlarning ommabop turistik maskanida bolalar tikuv san'atini körib çiqiş imkoniga ega bölişdi.






Riştonda milliy ruh va an'anaviy hunarmandçilik namunalari bilan boyitilgan Tohir Haydarovning kulolçilik uy-muzeyi yoş avlodni hayratda qoldirdi. Maşhur kulol mehmonlarni samimiy kutib oldi va kulolçilik tarixining yorqin namunalarini batafsil tasvirlab berdi, bu, albatta, kiçik sayyohlar uçun foydali böldi.


Şuningdek, bolalar uçun imo-işora tarjimasi orqali Qöqonning tarixiy merosini bilib oliş imkoni paydo böldi. Şahar durdonasi – Xudoyorxon saroyining ötgan asrga taalluqli xonalari dizayni, baland şiftdagi boy naqşli bezaklari va qadimgi qandillar bolalarda katta taassurot qoldirdi.
Içki turizmni rivojlantiriş yölidagi bunday kiçik qadam nogironligi bölgan bolalar uçun nihoyatda baxtiyorlik, yorqin tuyğular va taassurotlarni taqdim etdi.











