Toşkentda bölib ötgan Turkmaniston Milliy körgazmasi va biznes-forum davomida 250 million AQŞ dollarlik şartnomalar imzolandi. Bu haqda Özbekiston Savdo-sanoat palatasi matbuot xizmati xabar berdi.

Tomonlar neft va gaz, transport-kommunikatsiya, qişloq xöjaligi va sayyohlik, sanoat hamda töqimaçilik sohalarida hamkorlikni kengaytiriş böyiça istiqbolli kelişuvlarga erişdi.

2017 yilda ikki mamlakat örtasidagi tovar ayirboşlaş hajmi 177,3 million dollarga teng böldi. Prezidentlar iştirokida ötkazilgan muzokaralarda tomonlar 2020 yilgaça bu körsatkiçni 500 million dollarga oşirişga kelişib olişdi. Joriy yilning birinçi çoragida savdo aylanmasi 55 foizga oşdi.

Özbekistonda asosan savdo va xizmat körsatiş, töqimaçilik sanoati hamda mebel işlab çiqariş kabi sohalarda turkman kapitali iştirokida 11 korxona faoliyat körsatmoqda.