“UAZ” MÇJ Özbekistonda öz avtomobillarini işlab çiqarişni yölga qöyiş masalasini örganib çiqmoqda. Ayni damda muzokaralar boşlanğiç bosqiçda. Bu haqda “Xalq sözi” “UAZ”ning MDH böyiça savdo bölimi boşliği Aleksey Zabolotnovga asosan xabar bermoqda.

“Rejalarimizdan biri – avtomobillarimizni Özbekistonda işlab çiqarişni yölga qöyiş. Özbekistonda avtomobil biznesi borasida juda yaxşi imkoniyatlar bor”, — deb aytib ötgan Aleksey Zabolotnov Toşkentda bölib ötayotgan “Expo Rossiya Uzbekistan — 2018” I xalqaro sanoat körgazmasida. 

Zabolotnov ma'lum qilişiça, ayni damda “UAZ” vakillari “Özavtosanoat” bilan yaqin hamkorlikda, uşbu loyihaning iqtisodiy asoslari örganib çiqişmoqda. Tomonlarga kelişuvga erişsa Özbekistonda “UAZ”ning “Patriot”, “Pickup” va “Profi” modellarini işlab çiqariş yölga qöyilişi mumkin.

“Ehtiyot qismlar bilan ta'minlaş, texnik xizmat körsatiş borasida biz, an'anaviy ravişda, ğarbiy brendlarga qaraganda mijozga yaqinroqmiz”, — deydi u.  

Sotuv rejalari borasida, 2018 yilda “UAZ” Özbekistonda sotilgan avtomobillar sonini 1000taga yetkazmoqçi. 2017 yilda uşbu körsatkiç 400tani taşkil qilgan edi.