Armaniston boş vaziri vazifasini bajaruvçi Karen Karapetyan muxolifat yetakçisi Nikol Paşinyan bilan muzokaralarda iştirok etmaslikka qaror qildi. Bu haqda uning matbuot kotibi Aram Araratyan feysbukda xabar berdi.
«Boş vazir vazifasini bajaruvçi bir tomon kun tartibini belgilab beruvçi, ikkinçi tomon esa uni taqdim eta olmaydigan muzokaralar haqiqiy muzokaralar, deb hisoblanmasligini bildirdi», - deyiladi xabarda.
Şuningdek ta'kidlanişiça, Karapetyanning fikriça, kameralar oldidagi muzokaralar haqidagi talab, ular natijaga erişişga qaratilmaganidan darak beradi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Armanistonda muxolifat yetakçisi prezident bilan mamlakatdagi vaziyatni muhokama qilgani xabar berilgandi.












