Uning sözlariga köra, Olmaota deklaratsiyasi asosida çegarani delimitatsiya va demarkatsiya qiliş natijasida Armanistonning maydoni 29 743 km² ga teng bölişi kerak.

Paşinyanning fikriça, çegaraning har ikki tomonida ham anklav va eksklavlar qolmasligi kerak - buning uçun ikki davlat «tengma-teng nisbatda hududlar almaşişi» lozim. Şuningdek, u barça yöllar va kommunikatsiyalarni oçiş tarafdori ekanini bildirdi. Gap, jumladan, Ozarboyjon hududi orqali Armanistondan Armanistonga va Armaniston hududi orqali Ozarboyjondan Ozarboyjonga tranzit qatnovini yölga qöyiş haqida bormoqda.

Boş vazir yana bir şart sifatida Yerevan va Boku bir-biriga nisbatan har qanday daʼvolardan butunlay voz keçişini aytdi. Ular qatorida u ham «Qoraboğ, Gardman, Şirvon, Naxiçevan» mantiğini, ham «Ğarbiy Ozarboyjon» mantiğini tilga oldi.

Paşinyan tinçlikni aynan mana şunday körinişga keltiriş qançalik haqiqatga yaqin, degan masalani eng muhimi deb atadi. Uning sözlariga köra, Turkmanistonda Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev bilan muloqotlardan söng, unda bunday imkoniyat mavjudligi haqida dastlabki taassurot paydo bölgan. Boş vazir şunday dedi:

«Yaqin vaqt içida biz uşbu imkoniyatni röyobga çiqariş va uni haqiqatga aylantiriş bilan şuğullanamiz».

Tomonlar çegaraning birinçi qismini 2024-yil aprel oyida dastlabki tarzda kelişib olgan, 2025-yil avgustida esa ikki davlat Taşqi işlar vazirliklari tinçlik şartnomasi loyihasini eʼlon qilgan edi. Unga köra, Yerevan va Boku Olmaota kelişuvlariga muvofiq bir-birining çegaralarini hurmat qiliş majburiyatini oladi.

Paşinyan sözlariga Ozarboyjon rasmiylari hali munosabat bildirmadi.