Markaziy bank boşqaruvi 2018 yil 28 apreldagi yiğilişda qayta moliyalaş stavkasini, iqtisodiyotdagi mavjud va kutilayotgan özgarişlardan kelib çiqib, yillik 14 foiz miqdorida özgarişsiz qoldirişga qaror qildi. Bu haqda MB axborot xizmati xabar bergan.

Iste'mol narxlari ösiş sur'atlarining sekinlaşişiga qaramasdan, inflyatsiya darajasini 2018 yil uçun prognoz körsatkiçlari doirasida bölişini ta'minlaş böyiça xatarlar saqlanib qolmoqda.

Inflyatsiya. Asosiy iste'mol tovarlari narxlari hamda valyuta almaşuv kursining barqarorlaşuvi ta'sirida iqtisodiyotda inflyatsion kutilmalar pasayib borayotgan bölsa-da, inflyatsiyaning kutilayotgan darajasi yuqoriligiça qolmoqda.

Iste'mol baholari indeksi (IBI) usuli böyiça hisoblangan inflyatsiya darajasi 2018 yilning yanvar oyidagi 2,7 foizlik körsatkiçdan söng, fevral va mart oylarida 1,1 foizgaça pasayib, prognoz körsatkiçlari doirasida böldi.

Uşbu şaroitlarda, 2018 yil uçun inflyatsiyaning prognoz körsatkiçlariga qat'iy pul-kredit siyosatini davom ettiriş orqali erişiladi. Şuningdek, raqobat muhitini yaxşilanişi, taşqi-savdo faoliyatini liberallaştirilişi hamda qişloq xöjaligi sohasini isloh qiliş böyiça körilayotgan amaliy çoralar içki narxlar barqarorligini ta'minlaşga xizmat qilmoqda.

Markaziy bank tomonidan inflyatsion xatarlarni baholaşda makroiqtisodiy siyosatdagi tarkibiy özgarişlar natijasida yuzaga kelişi mumkin bölgan ehtimoliy xatarlar ham inobatga olinib, umumiy talab miqdori hamda iqtisodiyotning iste'mol sektorida narxlarning keskin oşib ketişini oldini oliş maqsadida pul-kredit siyosatining inflyatsiyani jilovlaşga qaratilgan yönalişi saqlab qolinadi.

Pul-kredit siyosati. Pul bozoridagi foiz stavkalari qayta moliyalaş stavkasiga yaqin darajada tebranib turdi. Bu, öz navbatida, banklarning depozit va kreditlar böyiça real foiz stavkalarini ijobiy darajada şakllanişiga xizmat qildi.

Joriy yil boşidan Markaziy bankning içki valyuta bozoridagi intervensiya strategiyasida “xalqaro rezervlarning neytralligini ta'minlaş” tamoyiliga asoslangan yangi usuliga ötişi, almaşuv kursining şakllanişi uçun bozor şaroitlarini yaratib, Markaziy bank tomonidan monetar oltinni sotib oliş natijasida iqtisodiyotda yuzaga keladigan qöşimça likvidlik va pul massasini sterilizatsiya qiliş imkonini berdi.

2018 yil I çoragida pul massasi yil boşidan 1,2 foizga oşib, prognoz körsatkiçlaridan past böldi.

Iqtisodiyotni kreditlaş hajmlari ösiş sur'ati 2017 yilning ikkinçi yarmidagi pasayişdan söng qayta tiklandi. Bu asosan aholini uy-joy bilan ta'minlaş dasturlari, qişloq xöjaligi va iqtisodiyot tarmoqlarini moliyalaştiriş hajmlarini kengayişi bilan izohlanadi.

2018 yilning I çoragida kredit qöyilmalari qoldiği 9,3 foizga oşdi. Bunda jalb qilingan depozitlar bilan bir qatorda xalqaro kredit liniyalari mablağlari kreditlarning asosiy manbalari böldi.

Öz navbatida, valyuta bozoridagi intervensiyalarning yangi usulini qöllanişi va Davlat byudjyetining muvozanatli ijrosi kredit portfeli ösişining pul massasi oşişiga ta'sirini kamaytiriş imkonini berdi.

Şu bilan birga, iqtisodiyotga ajratilgan kreditlar hajmi yuqori sur'atlarda ösişini yalpi talab va inflyatsiya darajasiga ta'siri inflyatsion xatarlar nuqtai nazaridan alohida e'tiborni talab qiladi.

Tahlil qilinayotgan davrda rezerv pullar 0,2 foizga va naqd pullar miqdori esa 6,3 foizgaça kamaydi. Muomaladagi naqd pullar hajmining kamayişi banklarning vakillik hisobvaraqlaridagi mablağlarning mos ravişdagi köpayişiga olib keldi.

Muomaladagi naqd pullar hajmi qisqariş dinamikasi kelgusida bank tizimida barqaror darajadagi likvidlik profitsitini şakllantirişini inobatga olib, uşbu tendensiya Markaziy bank tomonidan alohida kuzatib boriladi.

Majburiy rezervlar böyiça yangi talablarning qöllanilişi, öz navbatida, pul-kredit siyosati instrumentlarining likvidlikni tartibga solişdagi imkoniyatlarini kengayişiga xizmat qiladi.

Real foiz stavkalarining ijobiyligi hamda milliy valyutadagi depozitlar böyiça daromadlarning nisbatan yuqoriligi aholining jamğariş faolligini rağbatlantirmoqda. Joriy yilning yanvar-mart oylarida milliy valyutadagi muddatli depozitlar qoldiği 9,5 foizga ösdi.

Iqtisodiy va investitsion faollik. Davlat statistika qömitasi ma'lumotlariga köra, 2018 yilning I çoragida yalpi içki mahsulot hajmi ötgan yilning mos davriga nisbatan real ösişi 5,1 foizni taşkil qildi. Statistik ma'lumotlar asosiy kapitalga yönaltirilgan investitsiyalarni özlaştiriş jarayonlarini jadallaşganligini körsatmoqda.

Uşbu davrda asosiy kapitalga yönaltirilgan investitsiyalar hajmining real ösişi 29 foizni taşkil etdi, bu asosan uy-joy qurilişi va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantiriş dasturlarining ijrosi hamda iqtisodiyotning tarmoqlaridagi investitson loyihalarni amalga oşirilişi bilan izohlanadi.

Iqtisodiyotni rivojlantiriş böyiça maqsadli dasturlarning sifatli amalga oşirilişi, işlab çiqariş tarmoqlari samaradorligi va raqobatbardoşligini oşiriş bilan birga, öz navbatida, örta va uzoq muddatli istiqbolda narxlar barqarorligini ta'minlaş uçun zaruriy  şaroitlarni yaratadi.

Bunda, iqtisodiyotga yönaltirilgan investitsiyalar va tarkibiy özgartirişlarning uşbu tarmoqlarda işlab çiqariş samaradorligini ösişiga va xarajatlarni kamayişiga olib kelişi muhim bölib hisoblanadi.

Içki bozordagi narxlar darajasi va iste'molçilar xatti harakatiga ta'sir etuvçi taşqi hamda içki omillar dinamikasi, kölami va muddatlari böyiça noaniqliklarning mavjudligini inobatga olgan holda Markaziy bank pul-kredit siyosatini amalga oşirişda ehtiyotkorlik bilan yondaşib, qayta moliyalaş stavkasini yillik 14 foiz miqdorida özgarişsiz qoldirdi.

Iqtisodiyotda nominal foiz stavkalari yuqori bölişiga qaramasdan real foiz stavkalari ijobiyligi minimal darajada saqlanib qolmoqda. Bunda, iqtisodiy islohotlarni samarali amalga oşiriş uçun zarur bölgan makroiqtisodiy barqarorlikni ta'minlaşda inflyatsion xatarlar salmoğining yuqoriligi pul-kredit siyosati joriy şartlarda davom ettirişni taqozo etadi.

Markaziy bank inflyatsiyaning içki va taşqi omillari dinamikasini, iqtisodiyotdagi inflyatsion xavflarning xususiyati va darajasini hisobga olgan holda pul-kredit siyosati şartlarini şakllantirib boradi.

Qayta moliyalaş stavkasini körib çiqiş böyiça Markaziy bank boşqaruvining navbatdagi yiğilişi 2018 yil iyul oyining ikkinçi yarmiga rejalaştirilgan.