9 may – “Xotira va qadrlaş kuni” bayrami arafasida Özbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi taşabbusi bilan Surxondaryo viloyatida joylaşgan harbiy qismlar harbiy xizmatçilari tomonidan viloyatdagi qabristonlarda obodonlaştiriş işlari olib borilmoqda.

“Harbiy xizmatçilarimizning bu taşabbusi haqiqatan ham ötganlar xotirasiga hurmat bajo keltiriş bilan bir qatorda harbiy xizmatçilarimizning xalq dardi bilan yaşayotganligining yorqin namunasi deyişimiz mumkin.


Çunki öşa qabristonda şu mahalla fuqarolarining yaqinlari dafn etilgan. Yaqinlari qabrlarining obod qilinayotganligini körib, mahalla fuqarolari ham bu xayrli işlarda jonbozlik körsatişmoqda. Albatta, harbiy xizmatçilarimizning bu taşabbusini qöllab-quvvatlagan holda ularga öz minnatdorçiligimizni bildiramiz”, – deydi Fuqarolarning özini özi boşqariş organlari faoliyatini muvofiqlaştiriş böyiça Surxondaryo viloyati kengaşi vakili Ş.Allanov.
Harbiy qismlar harbiy xizmatçilari ertaga – 29 aprel kuni ham qabristonlarni obodonlaştiriş işlarini davom ettiradi.










