Reuters agentligi 28-sentabr kuni tanişgan hukumat hujjatlariga tayanib, şunday xabar berdi.
Hujjatlarga köra, Rossiyaning kelgusi uç yildagi umumiy mudofaa xarajatlari 50 trillion rublni taşkil etadi. 2026-yil uçun esa mudofaa maqsadlariga 12,1 trillion rubl sarflaş rejalaştirilgan edi.
Reuters amaldagi xarajatlar miqdori maxfiyligini qayd etgan. Harbiy xarajatlarning bir qismi byudjetning boşqa bölimlariga ham kiritilgan bölişi mumkin.
Byudjet taqçilligi prognozi ikki baravar oşirildi
Rossiya hukumati 2026-yil uçun byudjet taqçilligi prognozini yalpi içki mahsulotning 1,6 foizidan 3,2 foiziga oşirgan.
Joriy yilda byudjet xarajatlari 13,2 foizga köpayib, 48,6 trillion rublga, yaʼni YaIMning 20,9 foiziga yetişi kutilmoqda.
Byudjet töğrisidagi qonun loyihasi 1-oktabr kuni Davlat dumasiga kiritilişi kerak.
Yangi soliqlar va qöşimça qarzlar
Ötgan hafta, saylovlardan söng, Rossiya rasmiylari 2027-yilda soliqlarni yana oşiriş rejalarini eʼlon qilgan.
Xususan, toğ-kon va metallurgiya majmuasining ayrim segmentlari hamda öğit işlab çiqaruvçilarning öta yuqori daromadlariga yangi soliq joriy etiş orqali yiliga qariyb 200 milliard rubl qöşimça tuşum oliş kutilmoqda.
Hujjatlarga köra, 2027-yilda sof qarz oliş rejasi 26 foizga oşirilib, 5 trillion rublga yetkaziladi. Byudjet taqçilligini qisqartiriş uçun Milliy farovonlik jamğarmasidan 459 milliard rubl yönaltiriş ham közda tutilgan. Bu jamğarmaning likvid qismining taxminan 11 foiziga teng.
Neft va gaz daromadlari prognozi pasaytirildi
Rossiya hukumati 2026-yilda neft va gazdan olinadigan daromadlar prognozini avval kutilgan 8,9 trillion rubldan 7,6 trillion rublga tuşirgan.
Davlat qarzi 2026-yildagi YaIMning 19,9 foizidan 2027-yilda 21,7 foizigaça ösişi kutilmoqda. Bu Rossiya rasmiylari xavfsiz deb hisoblaydigan 20 foizlik darajadan yuqori.
Reuters maʼlumotiga köra, 2027-yilda qarz olişning umumiy hajmi 43 foizga oşib, 7,7 trillion rublni taşkil etadi.








