Namangan viloyatining Töraqörğon, Çust tumanlari va Namangan şahrida yangi maktabgaça ta'lim muassasalari qurib, foydalanişga topşirildi. Bu haqda Maktabgaça ta'lim vazirligi axborot xizmati xabar bermoqda.
Töraqörğon tumanidagi 10-sonli davlat maktabgaça ta'lim muassasasi 120 öringa möljallangan bölib, hududdagi ota-onalar talab va istaklaridan kelib çiqib, muassasada 6 kunlik iş kuni joriy etildi. Boğçada 5ta guruh faoliyati yölga qöyilib 14 nafar pedagog xodimlar tarbiyalanuvçilarga ta'lim-tarbiya berişadi.


E'tiborli jihati şundaki, mazkur boğçaning xonalari milliy, madaniy, tarixiy qadriyatlarni aks ettiruvçi va bolalikdan kitob öqişga qiziqişni uyğotuvçi öquv-metodik, didaktik öyinlar va öyinçoqlar, badiiy adabiyotlar bilan jihozlangan. Şuningdek, mazkur muassasa tarbiyalanuvçilari uçun 25ta öyinçoq kompyuterlari töplami olib kelinib, 8 ta kuzatuv kameralar örnatildi.
Muassasaning birinçi qavatida, hamşira xonasi, oşxona hamda tarbiyalanuvçilar uçun yopiq suziş havzasi ham mavjud. Boğçaning taşqi tomonida esa bolalar uçun öyin va sport maydonçalari, ertaklar şaharçasi hamda yozgi ayvonçalar zamon talabi darajasida qurib bitkazildi.


Viloyat markazidan 30 km. olisda joylaşgan Çust tumanidagi “Guliston” MFY hududida esa “Wonderkids` school” nomli nodavlat maktabgaça ta'lim muassasasi taşkil etilganligi qişloq aholisini quvontirib yubordi.
Mazkur maktabgaça ta'lim muassasasi 100 nafar bolani öz bağriga qabul qilib, 6 nafar oliy ma'lumotli pedagoglar ingliz va rus tilida ta'lim-tarbiya berişadi. Bu yerda ham ota-onalar talablari inobatga olinib, 10,5 soatli guruhlar taşkil etildi.


Bino 3 qavatdan iborat bölib, uning hovlisida 5ta yozgi ayvonça, yozgi basseyn hamda zamonaviy öyin maydonçalari mavjud.
“Şirintoy gulğunçalar” nomli nodavlat maktabgaça ta'lim muassasasi 100 öringa möljallangan bölib, muassasada 21ta yangi iş örni yaratildi. Ota-ona talablaridan kelib çiqib, mazkur boğçada 12 soatli guruhlar taşkil etilib, maşğulotlar özbek, ingliz va rus tillarida olib boriladi.


Muassasa 22ta zamonaviy kuzatuv kameralari bilan jihozlanib, tarbiyalanuvçilarning ota-onalari internet orqali jarayonni nazorat qiliş imkoniyatiga ega. Yangi musiqa xonasi, hamşira xonasi, umumiy ovqatlaniş xonasi va boşqa xonalar zamon talablariga moslaştirilgan.


Ta'kidlanişi lozim bölgan yana bir jihat şundaki, binoning tom qismida tarbiyalanuvçilar uçun xavfsizlik çoralari körilib, öyin maydonçasi va yozgi ayvonçalar taşkil etilgan. Hozirda mazkur boğçaga 70 nafar bolalar qabul qilindi.
Prezident Şavkat Mirziyoyev Namangan viloyatiga rejalaştirilayotgan taşrifi doirasida uşbu maktabgaça ta'lim muassasalarining birida ham bölişi kutilmoqda.











