Bugungi öyinda kim yutişidan qat'i nazar, menimça, finalda favorit «Real» böladi. Agar kutilmagan holat röy bermasa, madridliklar qatorasiga uç bor Çempionlar Ligasi ğolibi bölişlari, sönggi beş yilda törtinçi marotaba bu sovrin egasiga aylanişlari mumkin. Sönggi beş yilda tört marta. Dahşat-a?

Foto: REUTERS

Elliginçi yillarda öşa Di Stefanoning «Real»i beş yil qatorasiga Çempionlar kubogini yutganini bilamiz, bugundan turib qaraganda, Qirollik klubini öşa davrlarda butun Yevropani zir titratgan gegemon sifatida tasavvur qilib kelganmiz. Agar masalan, 2048 yildan turib, öninçi yillar örtalariga nazar taşlasag-u, beş yilda tört marta finalni yutgan «Real»ni körsak, xuddi öşa tasavvurni uyğotsa kerak, nazarimda.

Lekin bilasizmi, bugun, mana şu jarayonning içida turib, «Real»ning boşqalardan yaqqol ustunligini ajrata ololmaymiz. Bu jamoa beş yilta tört marta Çempionlar Ligasini yutişga loyiqmi, degan savol paydo bölaveradi, negadir. 

Qiziq. Şuning uçun ham qanaqadir qonuniyat qidiramiz. «Real» kuçsiz jamoalarga töğri keldi, degandik ötgan yili, mana, kuçli beşlik çempionlari navbati bilan ojiz qoldirilişdi. Zidan omadli murabbiy ekan deb nimadir isbotlamoqçi bölamiz, ammo söz topa olmaymiz. Hakamlarning doimiy tarzda madridliklarga madadi haqida gaplar paydo böladi. Qöysangizçi! Bilasizmi, Çempionlar Ligasida ğolib bölgan har qanday jamoani ayting, öşa mavsumda uning foydasiga qilingan hakam xatosini topib beraman. Işonavering, bölib turadi. Baribir yana öşa yuqoridagi savolga qaytib qolaveramiz – balki, «Real» biz öylagandan, öşa beş yilda tört marta ğolib böladigan qandaydir xayoliy jamoadan ança kuçsiz körinayotgani tufayli könglimiz tölmayotgandir? 

Foto: Getty Images

Balki bu savol umuman kerakmasdir? Aslida esa, mana şunday xayoliy jamoa bölişi şartmi özi? Çempionlar Ligasi ğolibi hammadan yaqqol kuçli bölgan, öz öyini va kombinatsiyalari bilan hammaning esida qoladigan jihatiga ega bölişi şartmikin?

Ronaldu ikki metr masofadan osmonga qarab tepganida, Navas Tolissoning juda xavfli zarbasini maydon taşqarisiga çiqarib yuborayotganda, öz maydonida öynab turib ham, öyin oxirlarini faqat vaqtni çözişga sarflab, yana şu jamoa finalda favorit deb e'tirof etilayotganda, men bir narsani öylab qoldim - kelinglar, bir-birimizni tabriklaylik – futbol özgarmoqda. Sönggi yillarda Yevropada eng köp sovrin yutayotgan jamoaning bugungi holati va muammolari futbol yana asr boşidagi jozibasiga qaytayotganini isbotlayotgandek bölaveradi.
 
Pep Gvardiolaning «Barselona»sidan keyin Joze Mourino «Real»ni xuddi öşa darajaga çiqarişga urinib kördi va qisman uddasidan çiqdi. Öşa paytlarda Germaniyada «Bavariya» paydo böldi va ispan grandlariga qarşilik qila oladigan kuçga aylandi. Bu şunday top daraja ediki, har bir çiziqda dunyoning eng yaxşi yulduzlari töp surişardi. Bu şunday daraja ediki, bu jamoalar bir mavsumda keça «Real» va «Bavariya» futbolçilari yöl qöygan xatolarning yarmini ham qilmas edilar. Öng qanot himoyasida kim – dunyoning eng zör öng qanot himoyaçisi Dani Alveş. Çap qanotdaçi? Vah, Marselo, unga yaqinlaşib bölmaydi. Dunyoning eng zör darvozaboni kim? Manuel Noyyer! Keyin Messi, Ronaldu, Levandovski va hokazo...

Beş yil oldingi Çempionlar Ligasini eslang. Ğolib çiqiş uçun yo haqiqiy ma'noda top klub bölişingiz (Bavariya, Real, Barselona) yoki qahramonlik körsatişingiz (Inter, Çelsi) kerak bölardi. Heç qaçon YeÇL ğolibiga nisbatan işonçsizlik bölmagan – yo «qoyil, zör öynadinglar» yoki «malades, zör qildinglar» deyilardi.  
 
Yevropa futbolida favoritlar şu darajada «top»laşdilarki, Parij ularga tenglaşiş uçun milliardlarni sarfladi, «Mançester Siti» ularga tenglaşaman deb, Pep Gvardiolani olib keliş bilan qanoatlanmay, deyarli har çiziqqa ikkitadan futbol yulduzini olib kelişga urindi. Va...

Foto: AFP Photo/PAUL ELLIS

«Real»ning içki çempionatda katta muammolarga duçor bölib turib ham, finalga çiqqani ularning nihoyat vaziyatni önglab, kuçayganliklarini yoki bor e'tiborni bir musobaqaga qaratganliklarini anglatmaydi, nazarimda. «Real» öşa mavsum boşidagi «Real», faqat şu holatda ham Yevropada finalga çiqişning mumkin bölib qolgani, boyagi supertopklub falsafasini çöktirişni boşladi. 

Paradoksni qarangki, aynan şu ğoya bilan taşkil etilgan bugungi «Real» aksini isbotlamoqda – Yevropada favorit yöq. 

Paradoksni qarangki, sönggi beş yilda törtinçi marotaba finalga çiqayotgan «Real» isbotlayapti, Yevropada favorit yöqligini...

Nafaqat «Real», balki «Liverpul», «Roma», «Yuventus» kabi jamoalar Çempionlar Ligasi öşa eski, biz köproq sevgan maqomga, har qanday jamoa özining kamçiliklari-yu, muammolari, biroz omad-u qahramonliklari bilan yutiş mumkin bölgan davrga qaytarayotgandek. 

Menimça, bu tendensiya yana davom etadi. «Bavariya» yangi murabbiy tayinladi va bir qator yetakçilari bilan xayrlaşib, avlodlar almaşinuvi arafasida turibdi. «Real» allaqaçon bu davrga yetib kelgan. «Barselona» Inestasiz endi nihoyat boşqa «Barselona»ga aylanadi. Italiya va Angliya jamoalariga işonç qaytdi...

«Portu» Çempionlar Ligasini yutgan, «Panatinaikos» yoki «Lids» yarim finalda öynagan va bundan heç kim hayron bölmagan paytlar qaytayotgandekmiz.  Messi va Ronalduning navbati bilan erişayotgan rekordlarini tomoşa qiliş qiziq böldi, biz bu haqida nevaralarimizga aytib berarmiz, balki ular öşa biz elliginçi yillardagi Di Stefanoning «Real»iga oğzimizni oçib xavas qilganimiz singari tölqinlanib ketarlar, bilmadim. Ammo şuni aniq bilamanki, biz ayni paytda bundan zerikdik. 

Butun öyin davomida heç narsa körsata olmay sönggi daqiqalarda ğalabani ilib ketgan «Mançester Yunayted», faqatgina taktika hisobiga «drim tim» hisoblangan jamoaga finalda törtta gol urgan «Milan», bir taymga uyğonib, hammasini ostin-ustun qilgan «Liverpul», asosiy yulduzi Oliver Kan bölgan «Bavariya»... Va boşqalar... Qiziği, ularning sovringa loyiq yoki loyiq bölmagani haqida öşanda ham, hozir ham umuman öylab ham körmagan ekanmiz. Bu şunçaki futbol ekani, bu yerda mukammallik qidiriş kerakmasligini-yu, joziba umuman boşqa jihatlardaligini eslaş payti keldimikin...

Keçagi hal qiluvçi gollar örganib qolganimiz Ronaldu tomonidan emas, yilning eng köp tanqid qilingan öyinçisi tomonidan urilgani ham şunga işora bermoqda.

Foto: UEFA Champions League

Xa, kelasi mavsumda Çempionlar Ligasida uçta emas, önta da'vogar bor. Uçta emas, önta jamoa finalga çiqa oladi, çunki Lukas Vaskesni öng qanot himoyasida öynatib ham buni amalga oşiriş mumkin endi...

Qahramon Aslanov