Özbekiston Respublikasi normativ huquqiy hujjatlar loyihalarining muhokamasi portaliga “Yoşlar – Özbekiston kelajagi” Davlat dasturi töğrisida” prezident qarori loyihasi joylaştirildi.
Qayd etilişiça, yangi qaror mamlakatda yoşlarga oid davlat siyosatini amalga oşirişdagi faoliyatni yanada takomillaştirişda “Yoşlar – Özbekiston kelajagi” Davlat dasturi asosida, yoşlarning dunyoqaraşini şakllantiriş, ona Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalaş, yoşlar bilan ötkaziladigan ommaviy-madaniy va bayram tadbirlariga ğoyaviy mazmun baxş etiş, ma'naviy-ma'rifiy faoliyatga doir yangiça yondaşuvlar, zamonaviy kasb-hunarlarni puxta egallaşga qaratilgan samarali tizimlar joriy etiş, yoşlarda mehnatsevarlik, işbilarmonlik qobiliyatlarini rivojlantiriş, yoşlar tadbirkorligini qöllab-quvvatlaş va röyobga çiqariş maqsadida qabul qilinişi mumkin.
“Yoşlar – Özbekiston kelajagi” Davlat dasturining asosiy yönalişlari etib quyidagilar belgilanişi mumkin:
yoşlar dunyoqaraşini şakllantiriş, ularni mustaqil fikrlovçi, qat'iy hayotiy pozitsiya va çuqur bilimlarga ega, millatlararo hamjihatlik ruhida Vatanga sadoqatli qilib tarbiyalaş, demokratik davlat quriş va fuqarolik jamiyatini rivojlantiriş jarayonlaridagi faolligini oşiriş;
yoşlar örtasida ommaviy-madaniy va bayram tadbirlarini ğoyaviy mazmun bilan töldiriş, ular örtasida xalqaro madaniy aloqalarni rivojlantiriş va mustahkamlaş, konferensiyalar va körgazmalar ötkaziş, yoşlarning iqtidori va iste'dodini tölaqonli namoyon qilişga qaratilgan madaniy-ma'rifiy tadbirlarni tizimli taşkil etiş, yoşlar orasida ma'naviy-ma'rifiy faoliyatga doir yangiça yondaşuvlarni işlab çiqiş;
yoşlarning zamonaviy kasb-hunarlarni puxta egallaşlariga va bandligini ta'minlaşga qaratilgan samarali tizimlar joriy etiş, ularni boqimandalik kayfiyatidan xalos etgan holda mehnatsevarlik, işbilarmonlik qobiliyatlarini rivojlantiriş, yoşlar tadbirkorligini qöllab-quvvatlaş va röyobga çiqariş.
Dasturning hududlar darajasida amalga oşirilişini samarali taşkil etiş uçun Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi, viloyatlar va Toşkent şahar hokimliklari, Qoraqalpoğiston Respublikasida — Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşining raisi rahbarligida hamda viloyatlar va Toşkent şahrida — viloyatlar va Toşkent şahar hokimi rahbarligida hududiy komissiyalar taşkil etiladi.
Özbekiston yoşlar ittifoqining Markaziy Kengaş Komissiyaning Işçi organi etib belgilanişi mumkin.
Komissiyaning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilanadi:
Dasturda iştirok etayotgan vazirlik, idora, xöjalik birlaşmalari va mahalliy hokimliklar faoliyatini muvofiqlaştiriş va özaro hamkorligini ta'minlaş, şuningdek, yuzaga kelgan muammoli masalalarni hal etiş;
Dasturda belgilangan vazifalarni töliq va sifatli bajarilişini doimiy monitoring qilib boriş mexanizmini yölga qöyiş.












