Nigeriyaning şimolida sodir etilgan ikkita terakt qurbonlari soni 86 kişiga yetdi. Bu haqda halok bölganlar dafn qilingan qabriston işçilariga iqtibos keltirgan holda “Frans Press” axborot agentligi ma'lum qildi.  

Avvalroq 27 kişi halok bölgani, 60 dan köproq kişi jarohat olgani ma'lum qilingan. 

Terakt 1 may kuni Mubi şahridagi masjidlardan birida sodir etilgan. Politsiya boşliği Abdulloh Yarimaning ma'lum qilişiça, bir terrorçi özini peşin namozi vaqtida masjid içida, ikkinçi terrorçi esa yaqin orada joylaşgan kiyim-keçak bozorida portlatgan.

“1 may kuni biz soat 21:00gaça jasadlarni dafn etdik. Işlar yakunlanganda 76 ta qabr bölgan edi. Biz 76 jasadni kömdik. Bugun (2 may) soat 15:00gaça yana 10 jasad olib kelindi va dafn qilindi. Körinişiça, bu odamlar keçasi jarohatlardan halok bölişgan”, deb aytgan manbalardan biri.