Özbekistonda mamlakatning asosiy xalqaro reytinglardagi mavqeini yaxşilaş böyiça idoralararo muvofiqlaştiruvçi guruh tuziş rejalaştirilmoqda. Bu çora Özbekiston Prezidentining qarori loyihasida közda tutilgan.
Qaror loyihasi Özbekiston Iqtisodiyot vazirligi tomonidan tayyorlangan. Unda Özbekistonning 2018-2019 yillarda xalqaro reytinglar va indekslardagi mavqeini yaxşilaş böyiça “yöl xaritasi” qabul qilinişi taklif etilgan.
Tuzilajak guruhning asosiy vazifalari xalqaro taşkilotlar va reyting agentliklari mutaxassislari bilan hamkorlikni yölga qöyiş, mamlakat körsatkiçlarining reytingni tuziş metodologiyasi asosida xolis baholanişi böyiça izohlar tayyorlaş va mamlakat mavqeini yaxşilaş böyiça takliflar işlab çiqiş böyiça tavsiyalar olişdan iborat böladi.
Guruh, şuningdek, “yöl xaritalari”dagi tadbirlarning samarali bajarilişi va Özbekiston davlat idoralarining kompleks monitoring böyiça qabul qilinuvçi çoralarni amalga oşiriş va Özbekistonning baholarini yaxşilaş böyiça mintaqaviy idoralar bilan hamkorligini monitoring qiladi.












