AQŞ harbiy-havo kuçlari “gravitatsion” yadro bombasi B61-12’ni sinovdan ötkazgan. Bu haqda Military.com portaliga AQŞ qurolli kuçlarining yadroviy qurollarni strategik bostiriş va integratsiya qiliş ştabi boşliği örinbosari, general Jyek Vaynşteyn  ma'lum qilgan.

“Biz 26 ta muhandislik, sozlaş va parvoz sinovlarini ötkazdik. Dastur yaxşi ketmoqda”, deb aytgan Vaynşteyn. Uning aytişiça, modernizatsiya qilingan bombalar avvalgi 11-modifikatsiyadagi bombalardan 3 marta aniqroq böladi. 

Sinov vaqtida qanday samolyotlardan foydalanilgani ma'lum qilinmagan. Portalning ma'lum qilişiça, yangi qurol 5-avloddagi F-35 Lightning II qiruvçi samolyotlari bilan mos kelişi kerak. Bombalarning ilk partiyasi 2020 yilda yetkazilişi kerak. Aviabombalarni AQŞning Yevropa davlatlari – Germaniya, Italiya, Turkiya, Belgiya va Niderlandiyadagi bazalarida joylaştiriş rejalaştirilgan. 

Ta'kidlanişiça, B61-12 yadro bombasi öta mustahkamlangan yer osti inşootlarini yöq qiliş uçun möljallangan.